Bahriddin Roʻziyev




Bahriddin Murtazoyevich Roʻziyev (1949-yil, Qarshi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi. 2002-yil iyundan 2008-yil 12-dekabrgacha Navoiy viloyati hokimi lavozimida ishlagan.

Tarjimai holi



1949-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Chiya qishlogʻida tugʻilgan.

Moskvadagi Oliy komsomol maktabida tahsil olgan. Keyinchalik Toshkent politexnika institutining Navoiy filiali — sanoat-qurilish fakultetini tamomlagan. Qurilish muhandisligi boʻyicha diplom olgan. Tarix fanlari nomzodi.

Bahriddin Roʻziev Kommunistik yoshlar ittifoqi viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, Navoiy shahar komitetining ikkinchi kotibi, „Oblgaz“ rahbari boʻlib ham ishlagan.

2002-yilning iyuniga qadar Navoiy viloyati Konimex tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

2002-yil iyundan 2008-yil 12-dekabrgacha Navoiy viloyati hokimi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz