Bahriddin Chustiy
Bahriddin Neʼmatjonovich Najmiddinov (1984-yil 19-oktabr, Chust tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek oshpazi, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Rossiyadagi bir qancha restoranlar oshpazi. Taxallusi — Bahriddin Chustiy. Oʻzbekistondagi Aksu restoranlar tarmogʻi asoschilaridan biri.
Tarjimai holi
Bahriddin Najmiddinov 1984-yilda Namangan viloyatining Chust tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1991-1998-yillarda Chust tumanidagi oʻrta maktabda oʻqigan.
Taxallus
Bahriddin Najmiddinov ijtimoiy tarmoqlarda Chustiy taxallusi bilan mashhur. Ushbu taxallus uning tugʻilgan joyiga ishora qiladi.
Mashhur ishlari
Bahriddin Chustiy 2017-yil 8-sentabrda „Oʻzbegim milliy anʼanalari“ festivali doirasida tayyorlangan va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan „Mega palov“ loyihasi tashabbuskorlaridan biri. Kun.uz nashriga bergan intervyusida mazkur loyiha uchun tayyorgarlik jarayonlari 2010—2011-yillardan boshlanganini maʼlum qilgan.
2021-yilda Dubayda oʻtkazilgan „Ekspo-2020“ butunjahon koʻrgazmasida Oʻzbekiston kuni doirasida 1000 kilogramlik mega palov tayyorlagan.
Bahriddin Chustiy 2021-yilda dekabr oyida AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi Donald Lu bilan palov tayyorlagan.
Kasallik haqidagi xabarlar
2020-yil sentyabr oyida bloger Aziza Umarova Facebook sahifasida Bahriddin Chustiyning kasalligi haqida quyidagicha xabar qoldirgan edi:
Ertalab Bahriddinning rafiqasi Farangiz bilan gaplashdim. Uni reanimatsiyaga olishganini aytdi. Kislorodsiz saturatsiyasi 47 ga tushib ketibdi, kasalxona kislorodi bilan 89 ekan. Tana harorati 38,5 daraja[4]
Keyinchalik tuzalib chiqqani xabar qilingan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org