Bahrayn iqtisodiyoti




Bahrayn iqtisodiyoti koʻp jihatdan neft va gazga bogʻliq. Bahrayn dinori dunyodagi ikkinchi eng qimmat pul birligidir. XX asr oxiridan beri Bahrayn bank va turizm sohalariga katta miqdorda sarmoya kiritdi. Mamlakat poytaxti Manamada koʻplab yirik moliyaviy tuzilmalar joylashgan. Bahrayn moliya sanoati juda muvaffaqiyatlidir. 2008-yilda Bahrayn London shahrining Global moliya markazlari indeksiga koʻra dunyodagi eng tez rivojlanayotgan moliya markazi deb topildi. Bahraynning bank va moliyaviy xizmatlar sektori, xususan, islomiy banklari neftga boʻlgan talab tufayli yuzaga kelgan mintaqaviy talab oshishidan foyda koʻrdi. Neft Bahraynning eng koʻp eksport qilinadigan mahsuloti boʻlib, eksport tushumlarining 60 % ini, davlat daromadlarining 70 % ini va YaIMning 11 % ini tashkil qiladi. Eksport qilinadigan mahsulotlar orasida alyuminiy ikkinchi, moliya va qurilish materiallari uchinchi oʻrinda turadi.

2020-yilgi Iqtisodiy erkinlik indeksiga koʻra, Bahrayn Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida toʻrtinchi eng erkin iqtisodiyotga ega va dunyodagi erkin iqtisodiyot boʻyicha 40-oʻrinda turadigan mamlakat hisoblanadi. Fraser instituti tomonidan chop etilgan huddi shu indeksning muqobili Bahraynni 70-oʻringa qoʻyadi. Bahrayn Jahon banki tomonidan yuqori daromadli iqtisodiyot sifatida tan olingan.

Iqtisodiyotning umumiy koʻrinishi



Neft va tabiiy gaz Bahrayn iqtisodiyotida asosiy rol oʻynaydi. Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga qaratilgan saʼy-harakatlarga qaramay, Markaziy razvedka boshqarmasining Jahon faktlar kitobiga koʻra: neft hali ham Bahrayn byudjeti daromadlarining 85 % ini tashkil qiladi, biroq soʻnggi bir necha yil ichida jahonda energiya narxlarining pastligi mamlakatda katta byudjet taqchilligini keltirib chiqardi va birgina 2017-yilda bu YaIMning taxminan 10 % ini tashkil etdi. Bahrayn Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) mintaqasidagi boy mamlakat boʻlib, uning iqtisodiyoti neft va gaz, xalqaro bank ishi va turizmga bogʻliq.

2003- va 2004-yillarda neft narxining oshishi va xizmatlar sohasidagi tushumlarning koʻpayishi hisobiga mamlakatdagi toʻlov balansi yaxshilandi. Natijada joriy operatsiyalar balansi 2002-yildagi 35 million AQSH dollari taqchilligiga nisbatan 2003-yilda 219 million AQSh dollari, 2004-yilda esa 442 million AQSh dollari miqdorida profitsitni qayd etdi. Bahraynning yalpi xalqaro zahiralari 2004-yilda avvalgi uch yildagi (2001—2003) 1,4 milliard AQSh dollaridan sezilarli darajada oshib, 1,6 milliard AQSh dollariga yetdi.

Diversifikatsiya




Garchi aholi jon boshiga YaIM (Wayback Machine saytida 2012-05-04 sanasida arxivlangan) 1980-yillarda 2,4 % ga qisqargan boʻlsa ham, muvaffaqiyatli diversifikatsiya tashabbuslari natijasida 1990-yillarda 36 % oʻsishga qaytdi. Bahraynning iqtisodiy liberallashtirishni qabul qilishdagi shoshilinch harakatlari uning cheklangan neft taʼminotidan uzoqda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish zarurati bilan bogʻliq. Fors koʻrfazidagi qoʻshnilaridan farqli oʻlaroq, Bahrayn kam neft boyligiga ega va iqtisodiyoti bank, ogʻir sanoat, chakana savdo va turizm sohalarida kengaygan. Qirollik Fors koʻrfazining asosiy bank markazi va islomiy moliya markazi boʻlib, bu sohadagi kuchli meʼyoriy-huquqiy bazasi bilan kapitalni oʻziga jalb etadi.

2005-yilda Bahrayn AQSh-Bahrayn erkin savdo shartnomasini imzoladi va u AQSh bilan bunday ikki tomonlama savdo bitimini imzolagan Fors koʻrfazidagi birinchi davlatga aylandi. Davlat asosiy aktivlarini sotish boʻyicha keng koʻlamli xususiylashtirish dasturini amalga oshirdi, yaʼni kommunal xizmatlar, banklar, moliyaviy xizmatlar va telekommunikatsiyalar xususiy sektor nazoratiga oʻta boshladi.

Natijada, iqtisodiyot 2002-yildan beri barqaror yuqori neft narxlari tufayli mintaqada olingan qoʻshimcha daromadlarni oʻzlashtirish uchun qulay sharoitga ega boʻldi. 2006-yil yanvar oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻarbiy Osiyo boʻyicha Iqtisodiy va Ijtimoiy Komissiyasi Bahraynni Arab dunyosidagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyot deb atadi. 

1981—1993-yillarda Bahrayn hukumati xarajatlari 64 % ga oshdi. Xuddi shu davrda davlat daromadlari asosan neft sanoatiga bogʻliq boʻlib qoldi va atigi 4 % ga oʻsdi. Bahrayn vaqti-vaqti bilan Saudiya Arabistoni, Quvayt hamda Birlashgan Arab Amirliklaridan katta byudjet yordami va loyiha grantlarini olgan.

Hukumat oʻzining kam neft daromadlarini transport va telekommunikatsiya sohasida ilgʻor infratuzilmani qurish uchun ishlatdi. Bahrayn mintaqaviy moliya va biznes markazidir. Turizm mintaqadagi turizm uchun mos mamlakat sifatida Bahraynda yana bir muhim daromad manbai boʻlib xizmat qiladi.

Bahrayn 2001-yildan beri neftga boʻlgan talabning koʻpligidan foyda koʻrdi va mamlakatda iqtisodiy oʻsish 5,5 % ni tashkil etdi. U Fors koʻrfazining boshqa davlatlaridan investitsiyalarni jalb etishga muvaffaq boʻldi, chunki Bahrayn 1970-yillar — 1980-yillarning boshlarida gullab-yashnash davridagi daromadlardan infratuzilmani rivojlantirish va turmush darajasini yaxshilash uchun turli loyihalarga sarmoya kiritish uchun foydalangan, yaʼni bunda sogʻliqni saqlash, taʼlim, uy-joy, elektr, suv va yoʻllarga eʼtibor qaratilgan.

Bahrain Grand Prix kabi korxonalarning muvaffaqiyati Qirollikning xalqaro miqyosdagi obroʻsini oshirdi va Islom bankingidagi oʻsish bilan birgalikda mamlakatda yirik aviakompaniyalarni xizmat koʻrsatishini qayta tiklashga undadi, Lufthansa 2006-yil 14-martda Frankfurtdan Muharraqga bir haftada uchta reysni rejalashtirishini eʼlon qildi.

Bahrayn zamonaviy iqtisodiyotni barpo etish boʻyicha saʼy-harakatlari doirasida mehnat bozorini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida Mehnat vaziri Majid Al Alaviy rahbarligida qator mehnat islohotlarini boshladi. Mamlakat yuqori texnologiyali sanoatini kengaytirish, tadqiqot hamda ishlanmalarga sarmoya kiritish va global iqtisodiyotda raqobatdosh ustunligini mustahkamlashni oldiga maqsad qilib oldi.

2009-yilda Bahrayn hukumati Bahrayn xalqaro konturiga qoʻshni yerlarni oʻzlashtirishi eʼlon qilindi. Bahrayn tomonidan boshqariladigan loyiha koʻrgazma va anjumanlar majmuasi, oʻrta darajadan hashamatligacha boʻlgan mehmonxonalar, koʻp maqsadli yopiq arena, avtomobil klubi va muhandislik inshooti, chakana savdo va dam olish muassasalari, texnologiya-koʻngilochar (texnologiya bilan oʻzaro aloqada boʻlgan koʻngilochar joy) markazi, tadqiqot instituti, texnopark va taʼlimga yoʻnaltirilgan markazlarni oʻz ichiga oladi. Bahrayn Mumtalakat kompaniyalar guruhining bir qismidir va u oxirgi besh yil ichida qiymati 2 milliard dollardan (BD 850 million) ortiq boʻlgan 1 million kvadrat metr biznes, koʻngilochar va taʼlim maydoniga investitsiya ajratadi va bu lpyiha mamlakatning eng yirik investitsiya loyihalaridan biriga aylandi.

Makroiqtisodiy tendensiya



Bu Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan millionlab Bahrayn dinorlari bilan hisoblangan bozor narxlaridagi Bahrayn yalpi ichki mahsuloti tendensiyasi jadvali:

Xarid qilish qobiliyati paritetini taqqoslash uchun AQSh dollari faqat 0,30 Bahrayn dinoriga almashtiriladi. Bahraynda oʻrtacha ish haqi 2009-yilda bir kishi/soat uchun 19,81 dollarni tashkil etdi.

Quyidagi jadvalda 1980—2021-yillardagi asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar koʻrsatilgan:

Sarmoya



Bahrayndagi roʻyxatga olingan kompaniyalarning fond bozori kapitallashuvi 2008-yilda Jahon banki tomonidan 21,176 million dollarga baholangan[1]. Bahrayn odatda tez rivojlanayotgan va biznes imkoniyatlarini yaratishni koʻzlagan hamma uchun ochiq boʻlgan noyob iqtisodiyotli mamlakatdir.

Uglevodorod sanoati



Neft va tabiiy gaz Bahrayndagi yagona muhim tabiiy resurslardir. Cheklangan zahiralar tufayli Bahrayn 2004-yilgacha boʻlgan oʻn yil ichida iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga harakat qildi. Bahrayn neft qazib olishni kuniga taxminan 40 000 barrel (6400 m³) darajasida barqarorlashtirdi va zaxiralar 10-15 yilga yetishi kutilmoqda. Bahrain Petroleum Company neftni qayta ishlash zavodi 1935-yilda qurilgan boʻlib, kuniga taxminan 250 000 barrel (40 000 m³) quvvatga ega va Fors koʻrfazidagi birinchi shunday zavod boʻlgan. 1980-yilda neftni qayta ishlash zavodining 60 % ini davlatga qarashli Bahrayn milliy neft kompaniyasiga sotgandan soʻng, AQShning Caltex kompaniyasi hozirda 40 % ulushga egalik qilmoqda. Saudiya Arabistoni neftning katta qismini neftni qayta ishlash uchun quvur liniyasi orqali taʼminlaydi. Bahrayn, shuningdek, Saudiya Arabistonining Abu Saafa offshor neft konidagi sof mahsulot va daromadlarning katta qismiga egalik qiladi.

Bahrayn milliy gaz kompaniyasi toʻgʻridan-toʻgʻri Bahrayn neft konlaridan olinadigan gazdan foydalanadigan gazni suyultirish zavodini boshqaradi. Gaz zaxiralari hozirgi isteʼmol darajasida taxminan 50 yilga yetishi kerak. Gulf Petrochemical Industries Company (GPIC) Quvaytning neft-kimyo sanoati, Saudiya Arabistonining Basic Industries Corporation va Bahrayn hukumatining qoʻshma korxonasidir. 1985-yilda qurib bitkazilgan bu zavod eksport uchun ammiak, metanol va karbamid ishlab chiqaradi.

Bahraynning boshqa sanoat sohalari qatoriga alyuminiy zavodini boshqaradigan Aluminum Bahrain kiradi, u yillik ishlab chiqarishi taxminan 1,500,000 metrik tonna boʻlgan dunyodagi eng yirik Aluminum Extrusion Company va Gulf Aluminum Rolling Mill Company (GARMCO) kabi zavodlarni oʻz ichiga oladi[2]. Boshqa zavodlarga Arab Iron and Steel Company temir rudasini granulalash zavodi (yiliga 4 mln. tonna) va kema qurish hamda taʼmirlash zavodi kiradi.

Bahraynning yirik moliyaviy markaz sifatida rivojlanishida asosiy omil diversifikatsiya qilish harakatlarining tez oʻsishi boʻldi. Xalqaro moliya institutlar Bahraynda offshor holda ham, quruqlikda ham hech qanday toʻsiqlarsiz ishlaydi. 2001-yilda Bahrayn markaziy banki bu borada 15 ta yangi litsenziya berdi. Bahraynda 100 dan ortiq offshor bank boʻlinmalari va vakolatxonalari, shuningdek, 65 ta Amerika firmasi joylashgan. Bahrayn xalqaro aeroporti Fors koʻrfazidagi eng gavjum aeroportlardan biri boʻlib, 22 ta tashuvchiga xizmat koʻrsatadi. Zamonaviy port AQSh, Yevropa va Uzoq Sharqqa toʻgʻridan-toʻgʻri hamda tezkor yuk tashish aloqalarini taklif qiladi. Xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan Bahrayn kompaniyalari qatoriga Gucci venchur kapital firmasi Investcorp kiradi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz