Bahr ul-Abʼyaz




Oq Nil (inglizcha: White Nile) yoki Bahr ul-Abʼyaz (arab, bahr — daryo, abʼyaz — oq) — Nil daryosining chap irmogʻi, Al-Gʻazal daryosi quyilgan joydan Koʻk Nil daryosi quyiladigan joygacha boʻlgan qismining nomi. Uz. 957 km. Eng katta ir-mogʻi (oʻngdan) Sabat (u toʻlib oqqan vaqtlarda koʻplab oqish rangdagi mu-allaq oqiziqlar keltiradi; daryo nomi ham shundan). Sabat qoʻshilgan joydan Koʻk Nil quyiladigan joygacha juda sekin oqadi. Yuqori qismida yillik oʻrtacha suv sarfi 453 m³/sek., Hartum shahri yonida esa 800 m³/sek. Nil suvini tartibga solish uchun Hartum shahridan 40 km yuqorigatoʻgʻon qurilgan. O.N.dan sugʻorishda foydalaniladi, baliq ovlanadi. Kema qatnaydi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz