BAHORI EKINLAR



BAHORI EKINLAR – bahorda ekiladigan va shu yilning o’zida hosil beradigan bir yillik ekinlar. Bir vegetatsiya davri (bahorgi-yozgi) bilan kuzgi ekinlardan farqlanadi. Bahori ekinlarga donli, don-dukkakli, moyli, tola beradigan o’simliklar, bir yillik ozuqabop dukkakli o’simliklar, g’alladoshlar va boshqalar kiradi. Ba’zi ekinlar shartli ravishda bahorgi va kuzgi xillarga bo’linadi, ularning orasida kech kuz va erta bahorda ekilganda hosil beradigan oraliq formalar —duobalari ham bor. Ba’zi ikki yillik o’simliklar (bahorda ekilganida shu yilning o’zida hosil beradigan o’simliklar) va ko’p yillik o’simliklar (bir yillik ekinlar tariqasida ekiladigan pomidor, tamaki singari ekinlar) ham Bahori ekinlarga kiradi. Qurg’oqchil joylarda Bahori ekinlarni yetishtirishda tuproqda namni saqlab qolishga imkon beradigan agrotexnika usullari — erta shudgorlash, qor to’plash, ekinni optimal muddatlarda ekish va boshqalar muhim ahamiyatga ega.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz