Bahor tarovati
„Bahor tarovati“ , toʻliq nomi
„Saylanma. Bahor tarovati. 1-jild“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy asarlar toʻplami. Yana yetti kitob — „Yoz harorari“, „Kuz saxovati“, „Qish halovati“, Qalb sadoqati", „Erk saodati“ asarlaridan hamda ikki jild badiiy tarjimalardan iborat „Toʻla asarlar toʻplami“ deb nomlangan sakkiz jildli toʻplamning birinchi jildi. 2015-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga kiritilgan ilk toʻrt kitob umrning toʻrt faslini ifoda etuvchi asarlarni oʻzida jamlagan boʻlib, birinchi jild bahor fasli va yoshlikning tarovati va goʻzalligiga bagʻishlangan.
Toʻplamga Ibrohim Gʻafurov kirish soʻz yozgan. Unga shoirning ilk sheʼrlari hamda „Nido“, „Orzu chashmasi“, „Palatkada yozilgan doston“, „Quyosh maskani“ dostonlari, shuningdek, uch pardali „Oltin devor“ komediyasi kiritilgan. Toʻplamga kiritilgan sheʼrlar „Yoʻq, halovat istamayman!“ „Yoshlik devoni“ hamda „Bolaligim — bozorim“ turkumlariga boʻlingan.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org