Bahor (oʻsimlik)




Bahor – ertapishar gilos navi. R. R. Shreder nomidagi bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida Fransis va Savri Surxon navlarini chatishtirish yoʻli bilan chiqarilgan (1952). Daraxti kuchli oʻsadi, keng shox-shabbali, shakli piramidasimon, bir yillik novdalari yoʻgʻon, toʻgʻri, jigarrang. Bargi yirik, qizgʻish-yashil, choʻzinchoq, uchiga tomon ingichkalashib boradi. Guli oq, hushboʻy, kattaligi bilan boshqa navlardan farqlanadi. Mevasi yirik (8 g), dumaloq, yaltiroq, toʻq-qizil yoki qoramtir-qizil rangda, seret, sersuv, shirin (13,8% qand). Koʻchati eqilgandan keyin 3 – 4-yili hosilga kiradi. Aprelning birinchi yarmida gullaydi, mayning oʻrtalarida pishadi. Mevasi 30 kungacha sifati buzilmay daraxtda turishi mumkin. Kompot, murabbo tayyorlanadi. Oʻzbekistonning barcha zonalarida ekiladi (qarang Gilos).

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz