Bahor (gilos navi)




Bahor — ertapishar gilos navi. R. R. Shreder nomidagi bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida Fransis va Savri Surxon navlarini chatishtirish yoʻli b-n chiqarilgan (1952). Daraxti kuchli oʻsadi, keng shox-shabbali, shakli piramidasimon, bir yillik novdalari yoʻgʻon, toʻgʻri, jigarrang . Bargi yirik, qizgʻish-yashil, choʻzinchoq, uchiga tomon ingichkalashib boradi. Guli oq, hushboʻy, kattaligi b-n boshqa navlardan farqlanadi. Mevasi yirik (8 g), dumaloq, yaltiroq, toʻq-qizil yoki qoramtir-qizil rangda, seret, sersuv, shirin (13,8% qand). Koʻchati eqilgandan keyin 3 — 4-yili hosilga kiradi. Apr.ning birinchi yarmida gullaydi, mayning oʻrtalarida pishadi. Mevasi 30 kungacha sifati buzilmay daraxtda turishi mumkin. Kompot, murabbo tayyorlanadi. Oʻzbekistonning barcha zonalarida ekiladi (qarang Gilos).

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz