BAHOR



BAHOR (taxallusi; asl ismi Muhammad Taqi) (1886.10.12, Mashhad – 1957.21.4, Tehron) — Eron shonri, jamoat arbobi. Malik ush-shuaro (1903). Tehron universiteti professor (1953). Eron milliy Majlisiga bir necha bor vakil bo’lib saylangan. Boshlang’ich saboqni Bahor otasi Xuroson shoiri, Malik ush-shuaro Muhammad Kozim Saburiydan olgan. Bahor “Eronga Xudo yordir”, “Ser Eduard Grenga maktub” (1909) asarlari bilan shuhrat qozonadi. Bahor “Nai-bahor” gazetrasini nashr etadi (1905 — 11). U adabiy jamiyat tuzib, “Donishkada” (“Ilmxona”) jurnal chiqaradi (1918). Bahor she’rlari ichki va teskarichi guruhlarga, ba’zi mutaassiblarga qarshi qaratilgan. U monarxiyaga qarshi yozgan she’rlari uchun Isfahonga badarga qilinadi (1932). Xalqning demokratiya uchun kurashini quvvatlovchi “Jaxannam”. “Zindon kundaliklari”, “Tong qushi” kabi asarlari shu yerda yozilgan. Bahor 3 jildli “Stilistika” (1958) ilmiy asarini yaratgan. Bahor qadimgi pahlaviy tilidan “Yodgore Zariron” (“Zarirlar yodgorligi”) dostonini fors tiliga tarjima qilgan. Uning fors she’riyatiga bag’ishlangan asarlari sharqshunoslik sohasida hanuz o’z qimmatini saqlab qolgan. Ad.: Shomuhamedov Sh., Bahor, T., 1965.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz