Bahoiy ramzlari




Bahoiy Eʼtiqodiga tegishli boʻlgan bir necha ifoda belgilari qoʻllaniladi: 19 qirrali yulduz, „Ismi Aʼzam“ deb nomlanuvchi xattotlik, uzuk koʻzi toshi ramzi yoki besh qirrali yulduz.

9 qirrali yulduz




Abjad izopsefiya tizimiga koʻra, Baho soʻzining sonli ekvivalenti 9-ga teng va shuning uchun Bahoiy belgilarida 9 raqamining ishlatilishi koʻp uchraydi. 9 raqamiga oid boʻlgan eng koʻp ishlatiladigan belgi 9 qirrali yulduzdir.; boshqa belgilarga nisbatan koʻproq ishlatiladigan 9 qirrali yulduzning alohida dizayni yoq. Yulduz Bahoiy dini taʼlimotining bir qismi boʻlmasa-da, 9 raqami mukammallik, birlik va „Baho“ bilan bogʻlanganligi sababli, u odatda 9-ni ifodalovchi timsol sifatida ishlatiladi.

Bahoiy tarixi va taʼlimotlarida ham 9 raqamini bir necha bor uchratish mumkin. 9 raqamining ahamiyati haqida Shavqiy Affandi shunday yozgan:

"9 raqamiga kelsak: Bahoiylar bunga ikki sababga koʻra ahamiyat berishadi, birinchidan, raqamlarga qiziquvchilar uni mukammallik belgisi deb bilishadi. Ikkinchi va muhimroq fikr esa, bu raqamning „Bahoʼ“ soʻzidagi sonli qiymatidir. …
„Bu ikki maʼnodan tashqari, 9 sonining boshqa ahamiyati yoq. Biroq, ixtiyoriy raqamni tanlash kerak boʻlganda, Bahoiylarning undan erkin ravishda foydalanishlari ucun shuning oʻzi kifoya“ [2] .

Uning qabr toshlarida qoʻllanishi 1944 yilda oʻsha paytdagi din rahbari Shavqiy Affandi tomonidan tasdiqlangan

2022-yil 13-sentabrda belgi Yunikod-ga qoʻshildi

Besh qirrali yulduz



5 qirrali yulduz yoki haykal 20-asrning birinchi yarmida Bahoiy dinining rahbari Shavqiy Affandi taʼkidlaganidek, Bahoiy dinining ramzidir: „Toʻgʻrirogʻi, 5 qirrali yulduz Bob tomonidan qoʻllanilgan va tushuntirilganidek, bizning Eʼtiqodimiz ramzidir.“ Besh qirrali yulduz Bob [5] va Bahoulloh tomonidan maxsus harflar yoki lavhalarning konturi sifatida ishlatilgan.

Haykal ibroniycha hēyḵāl soʻzidan olingan soʻz boʻlib, maʼbad va xususan Quddusdagi Sulaymon ibodatxonasi degan maʼnoni anglatadi. Arab tilida bu soʻz biror narsaning tanasi yoki shaklini, xususan, inson tanasini ham anglatadi. Баҳоий anʼanalarida haykal Bob tomonidan joriy etilgan boʻlib – u inson tanasini – bosh, ikki qoʻl va ikki oyoq sifatida ifodalaydi. Bob besh qirrali yulduz shaklida koʻplab maktublar, lavhalar, ibodatlar va hokazolarni yozgan, jumladan, Baho soʻzining koʻplab hosilalarini oʻz ichiga olgan (pastga qarang).

Bahoulloh "Súriy-i-Haykal" („Maʼbad lavhasi“) asarini besh qirrali yulduz shaklida yozgan. Maʼbadning maʼnosi saqlanib qolgan boʻlsa-da, haykal asosan inson tanasini, xususan, Xudoning Mazhari tanasi — Ollohning Elchisi — va Bahoullohning shaxsini bildirish uchun ishlatiladi. Lavhda haykal Ollohning Mazharlari bilan nozil qilingan kalomga ham ishora qilingan. U oʻsha Lavhda jumladan shunday deydi:

"Ey Tirik Maʼbad! Biz haqiqatan ham Seni… osmonlar va zamin oʻrtasida Mening Amrimning timsoli qilib belgiladik…" [11]

Ismi Aʼzam




Islomiy eʼtiqodda Xudoning 99 ta ismi bor va baʼzi islom anʼanalarida oʻziga xos maxsus yashirin 100-ism bor, deb ishoniladi, bu eng ulugʻ ismdir. Bahoiylik eʼtiqodiga binoan Ismi Aʼzam bu Baho-dir (بهاء) va "shon-sharaf " yoki "ulugʻvorlik" deb tarjima qilingan. Bahoiy dinining koʻpgina ramzlari oʻz ahamiyatini Baho soʻzidan oladi va bu soʻz boshqa koʻplab ism va iboralarda, jumladan, Bahoiy (Bahoning izdoshi), Bahoulloh (Ollohning ulugʻvorligi yoki shoni), Abdul-Bahoda qoʻllaniladigan ildiz soʻzdir (Shon-Shuhratning quli), Yo Bahoul-Abho (Ey Ulugʻvordan Ulugʻvor Zot) va Allohu-Abho (Olloh Ulugʻvordir).

Bahoulloh oʻz asarlarida Bahoiylarni aksari hollarda „Baho ahli“ deb tilga olgan va bundan tashqari, Bob Bahollohga Baho soʻzining 360-ta hosilasi yozilgan lavha yuborgan. Bahoiylarga kundalik ibodatlar bilan bir qatorda meditatsiya shaklida 95 marta „Allohu-Abho“ kalimasini oʻqish tavsiya etiladi.

Ismi Aʼzam sifatida tanilgan ramz „Yo Bahoul-Abho“ (يا بهاء الأبهى arabcha xattotlik koʻrinishidir odatda, "Ey Ulugʻvorladan `ulugʻvor Zot" deb tarjima qilinadi). Bu tasvir dastlab Bahoiy xattot Mishkin Qalam tomonidan chizilgan va keyinchalik, hamma joyda Bahoiylar tomonidan qabul qilingan.

Bu belgining Bahoiy Eʼtiqodidagi boshqa har qanday ramzga qaraganda koʻproq toʻgʻridan-toʻgʻri Xudo va Xudoning Rasulining ismiga ishora qilganligi sabab, u odatda tasodifiy tarzda ishlatilmaydi yoki umumiy foydalanishga topshiriladigan shaxsiy artefaktlarni bezash uchun ishlatilmaydi. Belgini odatda, bahoiy uylarida va cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan uzuklarda koʻrish mumkin.

Uzuk-toshi belgisi




Uzuk-tosh ramzi Abdul-Baho tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, uning nomiga munosib tarzda, Bahoiylar taqib yuradigan uzuklarda eng koʻp uchraydigan ramzdir, lekin u boʻyin taqinchogʻi, kitob muqovalari va chizma rasmlarda ham qoʻllaniladi. U Baho soʻzining stilizatsiyasi bilan kesishadigan ikki yulduzli haykaldan iborat. Pastki chiziq insoniyat va yaratilish olamini, yuqori chiziq Ilohiy dunyoni, oʻrta chiziq esa Olloh Mazharlari va vahiy-zuhur olamini ifodalaydi; vertikal chiziq – insoniyatga Mazharlar orqali namoyon boʻladigan Muqaddas Ruhning birlamchi irodasidir. Ushbu ramzdagi Olloh Mazharlarining joylanishi Olloh bilan bogʻlanish nuqtasi deb aytiladi. 2 yulduz yoki haykallar Bahoulloh va Bobni ifodalaydi. Yuqori, oʻrta va vertikal chiziqlar oʻrtasidagi bogʻliqlik, shuningdek, muqaddas uchlikning Bahoiy tarjimasi sifatida qaralishi mumkin boʻlgan narsani tashkil qiladi, shu bilan birga, ramzning shakli 王 xitoycha Jade imperatorijín va 主 Ustoz belgilariga oʻxshashligi ham tasodif emas.

Eslatmalar




Andoza:Baháʼí-2

Manbalar





Tashqi havolalar



Andoza:Baháʼí-2

Andoza:Baháʼí-2

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz