BAHODIROV MAJIDXON (1903 – Toshkent — 1977.12.2) — tuproqshunos va arabshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1973), professor (1971). Eski usuldagi maktabda savod chiqargan. 1921 — 30 yillarda Toshkentdagi maktablarda o’qituvchi, mudir bo’lib ishlagan, pedagogika bilim yurtida dars bergan. O’rta Osiyo paxtachilik institutini tugatgan (1934). Shu institutning tuproqshunoslik kafedrasida o’qituvchi (1935-45). 1945— 48 yillarda O’rta Osiyo davlat universiteti Sharq ftida Arab filologiyasi kafedrasi tashkilotchisi va kafedra mudiri. Toshkent qishloqxo’jaligi instituti tuproqshunoslik kafedrasida dotsent (1948— 71). Ilmiy ishlari tuproqshunoslikning umumiy masalalari, Farg’ona vodiysi tuproqlari ocherklari, agrokimyo xaritalarini tuzish va boshqalarga bag’ishlamgan. Bahodirov Arab adabiyoti bo’yicha xrestomatiya, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari uchun o’zbek tilida birinchi bo’lib tuproqshunoslik bo’yicha darslik, lug’at, qo’llanmalar tuzgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish