Bahodirjon Shermuhammadov
Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov (1973-yil 10-iyun, Rishton tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2016), professor.
Biografiyasi
Bahodirjon Shermuhammadov 1973-yil 10-iyun Fargʻona viloyati Rishton tumani ziyolilar oilasida tugʻilgan. Otasi Shermuhammad Mirzaolimov va onasi O‘lmasxon Mirzaolimova pedagog boʻlishgan. 1990-yilda Rishton tumanidagi 2-maktabni tugatib, shu yili Toshkent davlat pedagogika institutining tarix fakultetiga oʻqishga kirib, 1995-yilda ushbu institutni bitiradi. 2001-yilda Toshkent moliya institutini tugatgan. 1996—2002-yillar Toshkent davlat pedagogika universiteti yoshlar tashkiloti rahbari, 2002—2007-yillarda Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani hokimligida bo‘lim boshlig‘i, 2007—2009-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti, 2009—2011-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, 2011—2017-yillarda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot tahlil departamenti xodimi, 2017—2018-yillarda Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining o‘rinbosari, 2018—2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi milliy qadriyatlar, ma'naviyat va ma'rifatni o‘rganish hamda rivojlantirish shoʻbasi bosh konsultanti, 2019—2021-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining yoshlar, ma'naviyat va ma'rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 2021-yildan Fargʻona davlat universiteti rektori.
Ilmiy faoliyati
Bahodirjon Shermuhammadov ilmiy ishlari yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari va ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini ochib berish, milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirish mezonlari va ko‘rsatkichlarni aniqlashtirish hamda pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, bu sohaning pedagogik monitoringini ishlab chiqish va amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga oid. Bahodirjon Shermuhammadov 2006-yilda „Yoshlar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning pedagogik asoslari“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2016-yilda pedagogika nazariyasi va tarixi, ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha „Yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Bahodirjon Shermuhammadov 3 ta monografiya, 4 ta darslik, 60 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.
Mukokofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org