Bahodir Tojiev
Bahodir Sadullaevich Tojiev (tugʻ. 1958-yil 11-oktyabr, Xorazm viloyati ,Shovot tumani,Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Xorazm viloyati fermerlari kengashining raisi, senator(2015).
Boigrafiyasi
Bahodir Tojiev 1958-yil 11-oktyabrda Xorazm viloyati Shovot tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat universitetini muhandis-gidrologik mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. Hozirda u Xorazm viloyati dehqonlar kengashi raisi, OʻzLiDeP partiyasining Xorazm viloyati kengashi raisi, Xorazm viloyati Kengashi deputati lavozimlarida ishlaydi.
2015-yil 13-14-yanvar kunlari boʻlib oʻtgan Senat saylovlari natijalariga koʻra Bahodir Tojiev Xorazm viloyatidan senator etib saylandi [5] va Senatning Suvni boshqarish va ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
Manbalar
uz.wikipedia.org