Bahodir Qurbonov




Bahodir Qurbonov (1972-yil 5-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Osiyo chempioni. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000).

Tarjimai holi



1972-yilda Ishtixon shahrida tugʻilgan. 1994-yilda Osiyo oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritgan. 1995-yili Osiyo chempionatining kumush medali sohibi. 1996-yilda Atlantadagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan, ammo u yerda atigi 16-oʻrinni egallagan. 1998-yilda Osiyo oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritgan. 1999-yilda Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. 2000-yilda Osiyo chempioni, Sidneydagi Olimpiya oʻyinlarida esa 5-oʻrinni egallagan.

Bahodir Qurbonov gimnastika boʻyicha Olimpiada chempioni Oksana Chusovitinaga uylangan. Ularning Alisher ismli oʻgʻillari tugʻilgan, shifokorlar unga leykemiya tashxisini qoʻyishgan. Oʻzbekistonda bu kasallikni davolashning iloji boʻlmagani uchun 2002-yilda oila Germaniyaga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan va Bahodir Qurbonov sport faoliyatini yakunlashga majbur boʻlgan.

Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz