Bahodir Qosimov




Bahodir Ergashevich Qosimov  — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi, 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

Biografiyasi



1944-yil 25-aprelda Toshkent viloyati Qibray tumanida tugʻilgan.

1963—1966-yillarda harbiy xizmatda.

1970-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tugatgan.

1966-1991 — OʻzSSR ichki ishlar idoralarida xizmat.

1991-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mudofaa va xavfizlik majmuasida bosh konsultant.

1994-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari.

1996-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi.

1997-2001 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.

2001-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

2002-yildan nafaqada. 2006-yilda vafot etgan.

Mukofotlari



1998-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni, 2001-yilda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz