Bahodir Qoʻchqorov




 

Bahodir Zakirovich Qoʻchqorov (1970-yil 13-may, Oʻsh) — qirgʻizistonlik futbol hakami.

Faoliyati



Maktabni tugatgach, u Rossiyaga joʻnab ketdi va Podolskdagi texnikumga oʻqishga kirdi, keyin armiyada xizmat qildi va xizmatdan soʻng Qirgʻizistonga qaytib keldi. U 1990-yillarning boshidan futbol o‘yinlarini boshqarib keladi. 1993-yilda u birinchi hakamlik toifasini oldi, 1995-yilda milliy, 1997-yilda FIFA referisi boʻldi.

2000-yillar boshida bosh hakam sifatida Qirg‘iziston chempionati va kubogi o‘yinlarida hakamlik qilgan.

U eng yaxshi qanot hakami sifatida tanilgan. Birinchi xalqaro oʻyin 1997-yil 26-mayda Toshkentda (Oʻzbekiston-Kambodja) boʻlib oʻtgan. Ikki marta jahon chempionatlarida (2010 va 2014) ishlagan, oʻzbekistonlik Ravshan Ermatov hakamlar brigadasi aʼzosi boʻlgan. Umuman olganda, u jahon chempionatlarining 9 ta oʻyinida ishtirok etdi, bu 2017-yil holatiga koʻra, hakam yordamchilari orasida rekord natija edi. Shuningdek, qanot hakam sifatida klublar oʻrtasidagi jahon chempionati (shu jumladan 2008-yilgi final), Osiyo klub turnirlari, birinchi va olimpiya terma jamoalari oʻyinlari, jumladan, 2006-yilgi OFK Chaqiruv kubogi, 2011-yilgi Osiyo kubogi, 2012-yilgi Olimpiya oʻyinlari, Konfederatsiyalar kubogi 2013 va 2014-yilgi Oʻzbekiston Superkubogi bahsida Ravshan Ermatov jamoasida ishlagan.

Shahsiy hayot



Rafiqasining ismi Hilola, Bahridin ismli o‘g‘li bor.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz