Bahodir Matlyubov




Matlyubov Bahodir Ahmedovich  — (1952-yil 10-mart, Samarqand shahri) — Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri (2006-2013).

Biografiyasi



1973-yilda Samarqand davlat universitetining yuridik fakultetini bitirgan.

1973-1978 — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining jinoiy-qidiruv boʻlimi katta tezkor vakili.

1978-1983 — Samarqand shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari.

1983-1988 — Samarqand shahar Siyob tumani ichki ishlar boʻlinmasi boshligʻi.

1988-1989 — Samarqand shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

1989-1990 — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.

1990-1994 — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

1994-1997 — Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

1997-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

2004-2006 — Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi raisi.

2006-2013 — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri.

2013-2016 — pensiyada.

2016-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʻi.

2021-yil 12-dekabrdan — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʻining maslahatchisi.

Mukofotlari va unvonlari



1996-yilda general-mayor unvoni berilgan.

1999-yilda general-leytenant unvoni berilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz