Bahodir Jalolov (rassom)




Jalolov Bahodir Fazliddinovich (1948.27.5, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1992), Oʻzbekiston (1997) va Qirgʻiziston (1998) BAakad. I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik institutini tugatgan (1974). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida oʻqituvchi (1974—80); 1997-yildan Milliy rassomlik va dizayn institutida mahobatli rangtasvir ustaxonasi rahbari, prof. (2000). Oʻzbekiston rassomlari uyushmasi boshqaruvi raisi (1987—92). Ijodini portretlar yaratish bilan boshlagan. Portretlarida kishilarning kasbi haqida tasavvur beruvchi holatlar aks ettirilgan, ijodiy mehnat jarayoni, chuqur psixologik holat mahorat bilan koʻrsatilgan ("Meʼmor", 1972; "Masharaboz Akrom Yusupov", 1974; "Avtoportret", 1975; "Kulol ayol. Xalq ustasi Hamro Rahimova", 1975; "Soniya va mangulik. Oʻrol Tansiqboyev xotirasiga", 1977; "Porloqerta. Rassom Sh. Abdurashidov xotirasi", 1980; "Tiklash. Xalq ustasi Muhiddin Rahimov", 1980). 70-yillarning oxiri — 80-yillarning boshlaridan mahobatli rassomlik sohasida samarali ijod qiladi: Qarshi musiqali drama teatri binosiga, "Chimyon" sanatoriysi oshxonasi foyesiga (1981), Toshkentdagi Kinochilar uyiga (1982) ishlagan devoriy rasmlari rassomni betinim izlanayotgan, oʻziga xos uslub yaratgan rassom sifatida tanitdi. "Bahor" konsert zali foyesiga ishlangan "Raqsning tugʻilishi" (1982), Qashqadaryo viloyati Tallimarjon nasos stansiyasi klubi devoriga (1983), Qoʻqon teatri foyelariga (1987), Tojikistonning Xoʻjand sh.dagi maktab binosiga (1988), Belgiyaning Kortreyk sh.dagi "Kortreyk 200" (1990), Toshkentdagi Turkiston saroyiga ("Umar Xayyom tushlari", 1993) va b.ga ishlangan devoriy rasmlar, manzaralar ("Isfarada bahor", "Togʻ qishlogʻi. Soʻqmoq", "Eski Gurzuf koʻchasi" va b.), kitoblarga yaratilgan illyustratsiyalar (Navoiy, T. Tula, U. Nosir va b. asarlari), dastgoh kartinalari ("Afgʻoniston — 83", "Afgʻoniston tongi" va b.) muallifidir.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1991).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Bahodir Jalolov haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas, chunki u haqida keng tarqalgan rasmiy manbalarda yoki san'at doirasidagi ma'lumotlarda ko‘plab ma'lumot uchramaydi. Ehtimol, siz Bahodir Jalolov ismli boshqa sohadagi shaxsni nazarda tutgandirsiz, masalan, sportchi yoki boshqa kasb egasi.

Agar siz aniq bir rassom yoki san’at sohasida faoliyat yurituvchi shaxs haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, qo‘shimcha ma’lumot bering yoki uning faoliyati, asarlari haqida batafsilroq ayting. Shunda men sizga yanada aniq va to‘liq ma’lumot taqdim eta olaman.

O‘zbek rassomlari haqida umumiy ma’lumot kerak bo‘lsa, men sizga mashhur o‘zbek rassomlari haqida ma’lumot bera olaman. Masalan, Kamoliddin Behzod, Usto Muqimiy, Nasriddin Mirzo kabi ustalar O‘zbekiston san’atining rivojiga katta hissa qo‘shgan.

Agar Bahodir Jalolov professional rassom bo‘lsa va sizda uning asarlari yoki faoliyati haqida ma’lumot bo‘lsa, iltimos, ulashishingizni so‘rayman. Shunda men sizga yanada to‘liq javob bera olaman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz