Bahodir Ibragimov
Ibrohimov Bahodir Xodjievich (1945.20.11 — 2013.21.8) — oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.
Hayoti
Futbolchi sifatidagi faoliyati
Futbolchilik faoliyatini 1963-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubida boshlagan va bu jamoada 10 ta mavsumni oʻtkazgan. Bu vaqt ichida Ibrohimov klub tarixida sezilarli iz qoldirdirib, Gennadiy Krasnitskiy, Birodar Abduraimov kabi toshkentlik yetakchi hujumchilar bilan bir jamoada toʻp surdi. Bahodir Ibrohimov futbolchilik faoliyatini 1973-yilda „Andijon“ jamoasi tarkibida yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
Bahodir Ibrohimov murabbiylik faoliyatini 1973-yilda Termizning „Avtomobilist“ jamoasida boshlagan. Moskvadagi Oliy murabbiylar maktabini tamomlaganidan dan soʻng Fargʻonaning „Neftchi“ va Samarqandning „Dinamo“ jamoalariga ustozlik qilgan.
1984-yildan 1986-yilgacha „Paxtakor“ bolalar va oʻsmirlar maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 1986—1991-yillarda Yaqin Sharq davlatlaridan Suriya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlarda murabbiylik faoliyatini davom ettirgan.
1993-yilda yana „Paxtakor“ga qaytib, klub bosh murabbiyi boʻldi. Ibrohimov boshchiligida toshkentliklar chempionatda ikkinchi boʻlib, Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.
1996-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Uning rahbarligida jamoa 1996-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichini qiyinchilik bilan yengib chiqadi, shuningdek, 1996-yilgi Osiyo kubogining soʻnggi bosqichida ham nihoyatda omadsiz ishtirok etadi. Shundan soʻng Ibrohimov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan chetlashtiriladi.
Yutuqlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org