Baho al-Din Bag'dodiy




Baho al-Din Bagʻdodiy (forscha: بها الدین بغدادی 1192-yildan keyin vafot etgan) – forscha xat yozish boʻyicha oʻz mahorati bilan ajralib turadigan Xorazmshohlarning fors kotibi. U Ala al-Din Tekish (1172–1200-yillar davomida) huzuridagi devon-u insho (devonxona) boshligʻi boʻlib xizmat qilgan.

Biografiyasi



Baho al-Dinning tugʻilgan yili va hayotiy faoliyati noaniq. U Oʻrta Osiyoning Xorazmdagi Bagʻdod degan joyda tavallud topgan, yashagan va XII-XIII asrlarda taniqli xattot Majididdin Bagʻdodiy ismli akasi boʻlgan. Baho al-Din birinchi marta Xorazmshoh Ala al-Din Tekish (1172—1200) hukmronligi davrida mashhurlikka erishgan. Uning davrida saroydagi devon-u inshoning (devonxona) boshligʻi boʻlib xizmat qilgan.

Baho al-Din Xorazm sudida aybdor topilganligi uchun ikki marta qamoqqa tashlangan. Dastlab Tekishning vaziri Nizom al-Mulk Shamsiddin Mas’ud Hiraviy bilan kelishmovchilikdan soʻng qisqa muddatga, keyinroq esa Tekishning ukasi, keyingi xorazmshoh Sultonshoh tomonidan 1186—1189 yillarda Marvda qamoqqa tashlangan. U ikkinchi marotaba qamoqda oʻtirgan paytlarida forscha „Risola-yu hasbiya“ („Qamoqxona xabari“) asarini yozgan. Aka-uka oʻzaro taxt uchun sulh tuzgach, qamoqdan ozod qilindi va yana Tekishga qaytib keldi. Amin Roziyning (XVII-asrda vafot etgan) „Yetti iqlim“ asariga koʻra, Baho ad-Din oʻz lavozimini keyingi Xorazmshoh Muhammad II (1200–1220) davrida ham saqlab qolgan. Eronshunos Klifford Edmund Bosvort Baho ad-Din haqida „Uning haqiqatga erishishi qiyin boʻldi“,- deb oʻz asarida keltirib oʻtgan. Baho al-Dinning ismi va faoliyati 1192-yildan keyin yozma manbalarda qoʻllanilmagan.

Baho al-Din nasriy asarlarining yuqori sifatliligi bilan koʻzga koʻringan adib sifatida davr ijodkorlari orasida ajralib turdi. Uning ijodi Avfiy, Sadiddin Varaviniy kabi shoirlar tomonidan yuqori baholangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz