Bahçeşehir Universiteti




    Bahçeşehir Universiteti (turkcha: Bahçeşehir Üniversitesi) Istanbulda joylashgan vaqf universitetidir.  Turkiya Buyuk Millat Majlisi 1998-yilda Bahcheshehir Ug‘ur Ta’lim Jamg‘armasi tomonidan Bahçeşehir universitetining tashkil etilishiga ruxsat berdi. Koʻp oʻtmay (1998-yilning fevral oyida) Kaliforniya shtatidagi San-Diego Davlat Universiteti bilan akademik va strategik shartnoma imzoladi. 1999-2000-oʻquv yilida 1-bosqich imtihonidan soʻng birinchi talabalar qabul qilindi. Universitet Turkiyadagi ingliz tilida ta’lim beradigan oʻquv yurtlaridan biri va shuning uchun hujjat topshirayotgan talabalar ingliz tilini yuqori darajada bilishi kerak.

   Universitet 11 ta fakultet, 1 ta til maktabi va 2 ta kasb-hunar maktabidan tarkib topgan.  Bahcheshehir Universitetida 1358 nafar akademik 25480 nafar talabaga ta’lim bermoqda. Shuningdek uning Istanbulda 6 ta kampusi bor. 1400 kvadrat metr hajmga ega universitet kutubxonasida 250000 nashr kitob va elektron kitoblar mavjud. 1200 kishilik sigʻimga ega konferensiya zali ham mavjud.

   Bahçeşehir Ug‘ur ta’lim tashkiloti Turkiya boʻylab 35 ta bolalar bogʻchasi, 18 ta boshlangʻich maktab, 47 ta oʻrta maktab va 117 ta maxsus ta’lim markazlariga ega.

Reytinglar va xalqaro e'tirof



U Turkiyaning eng yaxshi vaqf universitetlaridan biri hisoblanadi va Times Higher Education 2023 ma’lumotlariga koʻra Turkiyaning eng yaxshi 5 ta universitetlari qatoriga kirgan.

     Universitetning Turkiyadan tashqarida 7 ta kampusi bor. AQShda 2 ta (Vashington va Boston), Kanadada 1 ta (Toronto), Italiyada 1 ta (Rim), Germaniyada 1 ta (Berlin), Gruziyada 1 ta (Batumi) va Xitoyda 1 ta (Gonkong). Shuningdek universitet 193 dan ortiq xalqaro hamkorlarga ham ega. Hamkorlari orasida Garvard Universiteti kabi dunyoga mashhur universitetlar ham bor.

Akademik birliklar



Fakultetlar

Havolalar



Rasmiy sayt

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz