Bag‘rikenglik madaniyati
Bag‘rikenglik madaniyati - Bagʻrikenglik yoki tolerantlik atamasini immunolog olim P.Madevar 1953-yilda ilmiy muomalaga kiritgan.Olimning ta’kidlashicha, tolerantlik immunitetiga ega boʻlgan sogʻlom organizmning yot jismlarga qarshi immun ta’sirining susayishi yoki yoʻqolishidir.
Tolerantlik - insonning har qanday vaziyatda erkin faoliyat koʻrsatish jarayonida oqilona me’yor va murosa
muvozanatini ta’minlay bilish tamoyiliga rioya qilishi.Uning asosiy elementlari: demokratiya, sabr-chidam, mehr- shafqat, murosa madora, hamjihatlik, oqilona me’yor, oʻzaro hurmat, insonparvarlik, xalqparvarlik va boshqalar. Bu tamoyilning ijtimoiy muhitdagi oʻrnini belgilashda axloq, an’analar, jamoatchilik fikri, turmush tarzi, din, ishlab chiqarish usullari, jamiyatning intellektual-aqliy darajasi kabi omillar ta’sir koʻrsatadi. Bagʻrikenglik tamoyilini chuqurroq taxdil etish uchun tarkibiy qismlarga, ya’ni: shaxs bagʻrikengligi, farzand bagʻrikengligi, mahalla bagʻrikengligi, ta’limdagi bagʻrikenglik, ijtimoiy-siyosiy
bagʻrikenglik, diniy bagʻrikenglik, milliy bagʻrikenglik va boshqalarga boʻlish mumkin. Shu oʻrinda uning asosiy
- aql, koʻngil ekanligini, uning mahsuli esa shaxsning komilligini belgilashini, uning mezoni - shaxsning sabrliligining namoyon boʻlishi ekanini e’tirof etib, bu
tamoyilni cheksiz deb atash maqsadga muvofiqdir. Bagʻrikenglik tamoyili ezgulik, adolat, goʻzallik, insonparvarlik tamoyillari bilan mushtarak holda dunyoda
tinchlik va osoyishtalik uchun xizmat qilmokda.BMT tomonidan 1995-yil tolerantlik - bagʻrikenglik, sabr-toqatlilik yili deb e’lon qilingan edi va shu yili 16-noyabrda YUNESKO Bosh konferensiyasida “Bagrikenglik
tamoyillari Deklaratsiyasi” imzolandi. Bu Deklaratsiyaga jahonning 185 davlatida, jumladan Oʻzbekistonda ham qat’iy amal qilinadi.Bu hujjatda bagʻrikenglik tushunchasining mazmun-mohiyati
har tomonlama ochib berilgan:
- bagʻrikenglik - bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, oʻzini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini
hurmat qilish, qabul qilish va toʻgʻri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hurfikr, vijdon, e’tiqod vujudga keltiradi;
- bagʻrikenglik - faqat ma’naviy burchgina emas, siyosiy-huquqiy ehtiyoj hamdir;
- bagʻrikenglik - tinchlikka erishishni musharraf qiluvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga
eltuvchidir;
- bagʻrikenglik - eng avvalo, insonning universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir. Bagʻrikenglikni alohida
shaxslar, guruhlar namoyon qilishi lozim.
Har kim oʻz e’tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa ega ekanligini boshqalar tan olmog‘i lozim. Bir
kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas.Jamiyatda bagʻrikenglik ideallarini qaror toptirish barchaning burchidir. Chunki, bagʻrikengliktinchlik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning zaruriy shartidir.
Deklaratsiyada bagʻrikenglik tarbiyasiga (4-modda) ham alohida ahamiyat berilgan boʻlib, unda ta’lim muassasalarining roli va vazifalari aniq koʻrsatilgan.
Bag‘rikenglik madaniyati - bizning dunyomizda turli boy madaniyatlarni, oʻzini ifodalashning va insonning
alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va toʻgʻri tushunishni anglatadi.
Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot xamda hurfikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi... Bu faqat ma’naviy burchgina emas, balki, siyosiy va xuquqiy ehtiyoj hamdir. Bagʻrikenglik tinchlikka erishishni musharraf qiluvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir”...
O‘zbekiston hududida 136 millat va elat vakillari istiqomat qilayotganligi, 7 tilda maktablar, 130 dan ortiq milliy madaniy markazlar faoliyat yuritayotganligi respublikamizda bu tamoyilga alohida e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir.
Konstitutsiyamizda «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar” (18-modda), deyilgan. “O‘zbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi
uchun sharoit yaratadi” deya alohida ta’kidlangan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org