Bag‘dod ipak qurti
Bagʻdod ipak qurti – Bagdod shahridan keltirilgan monovoltin zotiga mansub ipak qurti. Pillasi yirik (2 – 3 g), shakli uzunchoq, beldor, rangi oq, baʼzan sargish-yashil. pillasidan 14 – 17% ipak chiqadi, ipakning tortilish miqdori 60 – 80%. Bagʻdod ipak qurti q. Oʻzbekistonda qadimdan boqib kelingan. Oq pilla olishga kirishilgach, bundan voz kechilgan. Qisman seleksiya ishlarida foydalaniladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org