Bag'dat (qo'shigi)




Turk xonandasi Ayla Çelikning "Ben" nomli albomidan joy olgan Ayla Çelik va Beyazıt Öztürk ijrosidagi qoʻshiq.

„Bagʻdat“- qoʻshigʻi turk xonandasi Ayla Çelikning „Ben“ nomli ikkinchi albomining ikkinchi musiqiy klipi.

Qoʻshiq haqida maʼlumot



Mazkur qoʻshiqning matni va musiqasi Ayla Çelikga tegishli boʻlib, uning aranjirovkasi Orhan Sancak tomonidan tayyorlandi. Qoʻshiqni Ayla Çelik va Beyazıt Öztürk hamkorlikka kuylashdi. Qoʻshiqqa klip suratga olinmasidan oldin Fizy va Türk Telekom Müzikda eng koʻp tinglangan va eng koʻp yuklab olingan qoʻshiqlar roʻyxatlarida birinchi oʻrinni egalladi. iTunes va Apple Musicda „Bag‘dat“ qo‘shig‘ining har ikkala versiyasi ham ilk ikki o‘rinni egalladi. Shuningdek, u Shazam roʻyxatida birinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.

Ayla Çelik qoʻshiqni qayta aranjirovka qilib, 2016- yildagi Evropa futbol chempionatida A Milliy terma jamoasini qoʻllab-quvvatlash uchun uni qayta kuyladi. Xonanda Antaliyada lagerda chempionatga tayyorlanayotgan A Milliy terma jamoasi yoniga tashrif buyurib, futbolchilar va texnik qoʻmita bilan uchrashdi. Ayla Çelik „Bagʻdat“ qoʻshigʻining Milliy terma jamoaga moslashtirilgan versiyasini murabbiy Fatih Terim va futbolchilar bilan birga kuyladi.

Qoʻshiq 2016-yilda boʻlib oʻtgan 4-Altın Kelebek Ödüllerida „Yil qoʻshigʻi“ mukofotiga sazovor boʻldi.

Video klip haqida maʼlumot



Video klip 25-may kuni efirga uzatila boshlandi. Klip Haydarpaşa Garı vokzalida suratga olindi. Oxirgi marta 2000-yilda klipda rol oʻynagan Beyazıt Öztürk qoʻshiq klipida Ayla Çelikga hamrohlik qildi. Klipda 30ga yaqin aktyorlar guruhi ishtirok etdi.Klipning suratga olish rejissori Veli Kuzlu, rejissori esa Bedran Güzel edi.

Roʻyxatlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz