Bafeus jangi
Bafeus jangi yoki
Koyunhisar jangi (grekcha: Μάχη του Βαφέως; turkcha: Bafeus Muharebesi, Koyunhisar Muharebesi) — 1302-yil 27-iyulda Vizantiya imperiyasi va Usmonli bekligi oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang. Bafeus jangi Vizantiya va Usmonlilar oʻrtasida boʻlib oʻtgan ilk qurolli jangdir. Jangda Usmon Gʻoziy boshchiligidagi Usmonli qoʻshini gʻalabaga erishdi. Tarixchi Halil İnalcıkka koʻra, ushbu jangdan soʻng Usmonlilar imperiyasiga asos solingan.
Fon
Turli Usmonli manbalari va Yeoryos Pahimerisga asoslanib, Halil Inalcik Bafeus jangining sababini Usmonli imperiyasining Nikea (bugungi Iznik)ni turklar hukmronligi ostiga qaytarish istagi ekanligini koʻrsatadi.
Jangning yeri
Koyunhisar jangi deb taʼriflangan urush, bugungi kunda Bursa viloyatining Yenişehir tumanidagi Koyunhisar yoki boshqa (sobiq) nomi bilan Hamidiye qishlogʻi joylashgan tekislikda boʻlib oʻtgan. Dastlab Bursa hokimi Adranos, Kestel va Kite tekfurlari Usmon Beyga qarshi birlashdilar. Vizantiya imperatori Andronikos II ham asosan pulli askarlardan iborat 2,000 dan ortiq jangchi birliklarini joʻnatdi. Ammo bu joʻnatilgan Vizanti birligi Usmon I qoʻmondonligidagi Usmonli qoʻshini tomonidan Iznikning janubiy-gʻarbiy qismidagi Koyunhisar (Bafeus) tekisligida yanchib tashlandi.
Bu urushda magʻlub boʻlgan Vizantiya qoʻshinlari koʻp talofat koʻrmagani va markaziy Vizantiya kuchiga mansub Alan asli yollanma askarlarning koʻpchiligi tarqoq holda Iznikga qaytganligi maʼlum qilingan. Usmonli qoʻshinidan Usmon Ining jiyani Aydogʻdu jangda halok boʻlganligi haqida maʼlumot bor. Aydogʻdu aslida Dimbos jangida vafot etgan boʻlib, Koyunhisarga dafn etilgan.
Jangning natijasi
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org