Bafetimbi Gomis
Kategori:Türkçe Vikipedi ile Vikiveride aynı resim olan maddeler
Bafetimbi Fredius Gomis (1985-yil 6-avgustda tugʻilgan La Seyne-sur-Mer shahrida tavallud topgan.) — asli kelib chiqishi senegallik boʻlishiga qaramasdan fransuz milliy terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi. U hozirda Superliga jamoalaridan biri boʻlgan "Galatasaroy" jamoasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
Gomis oʻzining professional futbolchilik faoliyatini 2004-yilda 19-yoshida Fransiyaning Liga 1 jamoalaridan biri boʻlgan "Sent-Etyen"da boshlaydi. "Sent-Etyen" bilan bir mavsumni yakunlagadan soʻng, Gomis tajriba orttirishi maqsadida "Sent-Etyen" tomonidan boshqa Liga 1 jamoasi Troyesga yarim mavsumga ijaraga beriladi. Gomis Troyada ijara asosida oʻynab, 13 uchrashuvda raqiblar darvozasini 6 bor ishgʻol qildi. Gomis Sent-Etyenga qaytganidan keyin yana 3,5 mavsum toʻp suradi. Sen-Etyendagi 4,5 mavsum davomida Gomis 142 bahsda 40 ta gol uradi va bu natija Fransiyaning yirik jamoalari va boshqa koʻplab Evropa jamoalarining eʼtiborini tortadi.
Gomis 2009-yilda "Sent-Etyen"ni tark etadi va "Lion" bilan shartnomaga imzo chekadi. Gomis 2009-yildan beri "Lion" safida 178 ta oʻyinda 65 ta gol urgan. 2017-18-yilgi mavsumda Superligada 29 gol urgan Gomis Turkiya ligasining eng yaxshi toʻpurari boʻldi va shu tariqa turk futboli tarixida bir mavsumda eng koʻp gol kiritgan xorijlik futbolchiga aylandi.
2018-yilning 23-avgust sanasida Saudiya Arabistoni Professional ligasi klublaridan biri boʻlgan “Al-Hilol” klubiga ikki yillik shartnoma tuzib, 7 million yevro evaziga transfer qilinadi.
U 2022-yilning 2-fevralida “Galatasaroy”ga koʻchib oʻtdi.
Terma jamoadagi faoliyati
Gomis Fransiya terma jamoasi hujumchisi hisoblanadi. Gomis 2008-yildan buyon milliy terma jamoa safida 12 ta bahsda 3 ta gol urishga erishdi.
Sogʻliqdagi muammolar
Bir marotaba terma jamoa mashgʻulotlarida va yana bir bor esa liga oʻyinida toʻsatdan hushini yoʻqotdi. Gomisga vazovagal tashxisi qoʻyiladi. Bu esa shundan dalolat beradiki, u stress paytida hushidan ketishga moyillik sezadi va bu bir nechta oʻyinlarda hushidan ketishiga olib keladi.
Futbolchilik faoliyati
Klub
2022-yil 22-may[5][6][7][8]
Xalqaro
Jamoaviy Sovrinlar
Sent-Etyen
Lion
Galatasaroy
Shaxsiy sovrinlar
Manbalar
uz.wikipedia.org