Baek-hyun
Byun Baek-hyun (koreyscha: 변백현, 1992 — yil 6-may, Pyuchon, Kyonnggido, Janubiy Koreya) — janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktyor. U „Exo“ hip hop guruhi aʼzosi. Shuningdek, Baek-hyun „SuperM“ superguruhining sardori hisoblanadi.
„Exo“ guruhi bilan bir nechta albomlarni chiqargandan soʻng, Baek-hyun oʻzining yakkaxon faoliyatini 2019-yilda oʻzining birinchi „City Lights“ mini albomini chiqarish bilan boshlagan. Albom tijoriy muvaffaqiyatga erishgan, 2019-yilda yarim million nusxadan ortiq sotilgan va Janubiy Koreyada 2010-yillarning yakkaxon ijrochilari orasida eng koʻp albomi sotilgan qoʻshiqchiga aylangan. „City Lights“dan keyin uning ikkinchi „Delight“ (2020) nomli mini albomi chiqqan, albom 1 million nusxadan ortiq sotilgan. Uni muxlislari „zukko aydol (idol)“ deb atashgan.
Faoliyati
2012-2015: Debyuti va ilk faoliyati
Baek-hyun 2012-yil 30-yanvarda rasman guruhga qo‘shilgan. Guruhning oʻzi 2012-yil 8-aprelda debyut qilgan.
2014-yil fevral oyida Baek-hyun va Suho „SBS“ telekanalida efirga uzatiladigan „Inkigayo“ teleko‘rsatuvining doimiy boshlovchilari bo‘lishgan. 2014-yil noyabr oyida ular shouni tark etishgan. Oʻsha yilning iyul oyida Baek-hyun Janubiy Koreyaning „SM C&C“ agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan „Singing in the rain“ musiqiy filmida bosh rol ijro etib, oʻzining teatrdagi debyutini qilgan.
2015-yil aprel oyida Baek-hyun „EXO Next Door“ veb-dramasi uchun „Beautiful“ saundtrekini ijro etdi. Qoʻshiq chartlarda yetakchi oʻrinni egalladi. 2015-yil may oyida Baek-hyun aktyor Ye Jin Go bilan „Dokgo“ filmida suratga tushishi maʼlum bo‘ldi. Biroq filmni suratga olish ishlari to‘xtatilgan va o‘sha yilning yanvariga ko‘chirilgan. 2015-yil dekabr oyida Baek-hyun „SBS“ telekanalida efirga uzatiluvchi „GayoDaejeon“ shousida „Like Rain Like Music“ qo‘shig‘ini ijro etgan.
2019-yildan hozirgacha: yakkaxon debyuti va „SuperM“
2019-yil 10-iyun kuni Baek-hyun 2019-yil iyul oyida yakkaxon ijrochi sifatida debyut qilishi eʼlon qilingan. 10-iyul kuni u „City Lights“ nomli ilk mini albomini chiqargan.
10-avgust kuni „SM Entertainment“ shirkati „SuperM“ nomli yangi super K-pop guruhining faoliyat boshlashini eʼlon qilgan, Baek-hyun „SHINee“ guruhidan Taemin, „EXO“ guruhidan Khai, „NCT“ guruhidan Taeyong va Mark, „WayV“ dan esa Ten va Lucas bilan birga debyut qilgan. Guruh 4-oktyabr kuni „SuperM“ mini albomi bilan ilk chiqishini amalga oshirgan.
Shahsiy hayoti
2014-yil 19-iyunda „SM Entertainment“ Baek-hyun va Taeyeon (Girls' Generation aʼzosi) oʻrtasidagi ishqiy munosabatlarni tasdiqlagan. Biroq 2015-yil sentyabrida jurnalistlar ular ajralishganini xabar qilishgan.
Diskografiyasi
Mini albomlar
Singl
Manbalar
uz.wikipedia.org