Baek Ye-rin




Baek Ye-rin (koreyscha: 백예린; 1997-yil 26-iyunda tugʻilgan), Yerin Baek nomi bilan taniqli, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. Baek Oʻzining nozik va shirali ovozi bilan omma eʼtiborini tortgan. 15& guruhining sobiq aʼzosi Baek 2015-yilda Frank mini albomi bilan yakkaxon ijrochi sifatida debyut qilgan. U 2015-yildan buyon Gaon Digital Chartining top 10 talikka kiruvchi sakkizta singliga ega. Qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi boʻlgan Baek oʻzining aksariyat qoʻshiqlari soʻzlarini yozgan. U odatda qoʻshiqlarini shaxsiy mavzularga toʻxtalib, oʻzining hayot tajribasidan kelib chiqib yozadi. Yakkaxon faoliyati bilan bir qatorda u Koreyaning The Volunteers rok guruhining bosh aʼzosidir. 2018-yildan boshlab ular bilan birga sahnalarda chiqishlar qilib keladi.

Faoliyati



2007-yilda SBS estrada shousining Amazing Contest Star King epizodida Baek Beyoncening „Listen“ qoʻshigʻini ijro etgan va „Contemporary R& dahosi“ nomini olgan.  „10 yoshli ballada dahosi“ sifatida sahnada ijro etgan Baek Ye-rin aktyorlar va tomoshabinlarni lol qoldirgan. Star Kingda namoyishli chiqish qilganidan soʻng, Baek JYP Entertainment bilan shartnoma imzolashga qaror qilgan. U tinglov kuni „Listen“ qoʻshigʻini ijro etgan,  va ikkinchi oʻrinni egallagan. U besh yil davomida (2007-2012) Janubiy Koreya va AQShda malaka oshirgan hamda oʻzining vokal isteʼdodi, pianino chalish mahorati va ingliz tilida ravon soʻzlay olgani uchun „daho qiz“ deb nom olgan.

2021-yil 16-fevralda Baek 6 ta musiqadan iborat raqamli mini albomi tellusboutyourself (remikslar)ni chiqargan.

Uning The Volunteers guruhi 2021-yil 27-mayda oʻzining musiqasini SoundCloud va YouTube orqali taqdim etganidan soʻng, Blue Vinyl ostida oʻzining debyut albomini chiqargan. Albom Oasis, Red Hot Chili Peppers va The Beatles kabi rok-ijrochilardan ilhomlanib yozilgan.

2021-yil 10-sentyabrda Baek 6 ta turli qayta talqindagi qoʻshiqlardan iborat Love,Yerin muqova albomini chiqargan.

Diskografiyasi



Singllari




Kliplar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz