Bae Suzy




Bae Su Ji (koreyscha: 배수지; 1994-yil 10-oktyabr) - Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi, aktrisa va model. Bae Suzy yoki oddiygina Suzy ismi bilan tanilgan. JYP Entertainment qoshidagi „Miss A“ qizlar guruhining aʼzosi boʻlgan. Suzy „Dream High“ (2011) teleserialida aktrisa sifatida debyut qilgan. Undan tashqari „Gu Family Book“(2013), „Uncontrollably Fond“(2016), „While You Were Sleeping“(2017), „Vagabond“(2019), „Start-Up“(2020) va „Anna“(2022) kabi teleseriallarda ishtirok etgan.

Hayoti va faoliyati



Bae Suzy 1994-yil 10-oktyabrda Janubiy Koreyaning Gwangju shahrida tugʻilgan. Uning katta opasi va ukasi bor. Suzy Seoul sahna sanʼati maktabida oʻqigan va u yerni 2013-yilda tamomlagan. Teleseriallarda rol oʻynashidan oldin model boʻlgan. 2009-yilda Suzy Mnet Superstar K nomli talant shouda qatnashgan. Oʻsha paytlarda u JYP Entertainmentning eʼtiborini tortgan va tezda stajyorga aylangan. 2010-yil mart oyida u yangi tashkil etilgan „Miss A“ guruhiga aʼzo boʻlgan.
2010-yil oktyabr oyida Suzy MBC Show uchun doimiy boshlovchi boʻlgan. Minho, Onew, Shinee va Jiyeon bilan birga boshlovchilik qilgan. Bae keyinchalik „Seoul Music Awards“, „Golden Disc Awards“ va „Mnet 20’s Choice Awards“ kabi boshqa tadbirlarga mezbonlik qilgan va u yerda „Hot New Star of 2011“ nominatsiyasida boʻyicha gʻolib boʻlgan. Suzy qoʻshiqchilikdan tashqari aktrisalik bilan ham shugʻullangan. 2011-yil 3-yanvardan 28-fevralgacha KBS telekanalida namoyish etilgan „Dream High“ musiqiy dramasida oʻzining ilk debyutini qilgan. Shuningdek, u „Winter Child“ nomli dramada ham rol ijro etgan. Bu drama tezda muvaffaqiyatga erishgan va ikki oy davomida tomoshabinlar koʻrish reytingda doim yuqori boʻlgan. KBS Drama mukofotlari marosimida Suzy „Best New Actress award“ hamda bosh roldagi Kim Su Hyun bilan „Best Couple award“ mukofotini qoʻlga kiritgan.Shu bilan bir qatorda KBS telekanalining „Invincible Youth“ shousida ishtirokchilardan biriga aylangan. Shou oʻzining birinchi epizodini 19-oktabrda suratga olishni boshlagan va 11-noyabrda efirga uzatilgan.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz