Badshah




Aditya Prateek Singx Sisodia (1985-yil 19-noyabrda tugʻilgan) sahnada Badshah nomi bilan tanilgan hindistonlik reper, qoʻshiqchi, kino prodyuseri va hind, haryanvi va panjob tillarida yozilgan musiqalar muallifi boʻlgan biznesmendir. U o'z karyerasini 2006-yilda Yo Yo Honey Singx bilan birga Mafia Mundeer Hip Hop guruhida boshlagan. Ijodkor 2012-yilda guruhdan ajralib chiqadi va oʻzining mustaqil ravishda haryanvi tilida yozilgan 2016-yilda Bollivudning „Kapoor & Sons“ nomli filmiga kiritilgan „Kar Gayi Chull“ nomli qoʻshigʻini chiqaradi. Uning musiqasi 2014-yilda ishlab chiqarilgan Bollivudning „Humpty Sharma Ki Dulhania“ va Khoobsurat nomli filmlari uchun saundtrek sifatida ishlatilgan. U Genda Phool va Pagal kabi qoʻshiqlari uchun Hindistonning eng koʻp maosh oluvchi sanʼatkorlaridan biri va bahs-munozaralarga sababchi boʻlgan reper hisoblanadi.

Hayoti va oilasi



Badshoh Dehlida tavallud topadi. Otasi Haryanalik, onasi esa Panjoblik bo'ladi. U Yasemin ismli ayol bilan turmush quradi. Ularning Jessi Greys Masih Singx (2017-yil 11-yanvarda tug'ilgan) ismli qizi bor.

U musiqachi boʻlishdan oldin Varanasidagi nufuzli Banaras Hindu universitetiga matematika sohasi boʻyicha oʻqishga kiradi va Chandigarh PECda qurilish muhandisligi sohasida tahsil oladi. U yerda yangi panjabi musiqasi bilan tanishgani uni "rep" yozishiga turtki boʻldi. Agar u reper boʻlmaganida, hozirda IAS xodimi boʻlishi mumkinligini taʼkidlagan edi.

Karyerasi



U musiqa sohasidagi faoliyatini „Cool Equal“ nomi bilan boshlagan, ammo keyinchalik ismini Badshahga oʻzgartirgan. U ommaga g'ayritabiiy usulda talqin qilingan „Ish yo boy Baad-uh-sh-aa-ah“, yaʼni „bu sizning Badshahingiz“ nomli iborasini qoʻllashi bilan tanilgan.

2018-yilda Badshah oʻzining - „ONE“ („Haqiqiysi hech qachon tugamaydi“) nomli albomini ommaga taqdim etdi.

Ijodkor 2020-yil 7-avgustda klassik pop va xip-xop usulida yozilgan 8 ta trekdan iborat, Lisa Mishra, Sikander Kahlon, Fotty Seven, Bali and Music Producer Andy Grewal kabi ijrochilarining dasturlarini oʻz ichiga olgan „The Power of Dreams of a Kid“ nomli albomini chiqardi.

Filmdagi karyerasi



Badshahning aytishicha, Karan Johar unga „Lust Stories“ va „Good Newwz“ kabi filmlarda rol ijro etishini taklif qilgan, lekin popyulduzi baʼzi sabablarga koʻra bu taklifni rad etgan. Quyida keltirilgan jadvalda Badshah butun hayoti davomida rol ijro etgan yagona film keltirilgan.

Biznesdagi martaba




Badshoh bir necha marta oʻzining biznes tashabbuslari haqida gapirgan, u 2018-yilda „Take OFF“ qoʻshigʻida uning kamida 9 xil biznes loyihalari borligini taʼkidlagan. BADFIT Clothing, Dragonfly Experience, Afterhours Productions - uning baʼzi taniqli brendlari hisoblanadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz