BADRIY ABDULLA



BADRIY ABDULLA (1893, Samarqand — 1936) — o’zbek dramaturgi. Rus-tuzem maktabini tamomlab, muallimlik qilgan. 1910-yillarda yevropacha usuldagi yangi o’zbek teatrining shakllanishiga hissa qo’shgan. O’zining drama truppasini tashkil etdi. 1914-16 yillarda “Juvonmarg”, “Ahmoq”, “O’gay ota”, “Boyvachcha” kabi pyesalarini yozdi. Ularda o’zbek xalqining o’tmishi va o’sha davrdagi kechmish hayoti aks ettiriladi. Xususan “Nomoz o’g’ri” (1920) pyesasida o’zbek xalqining rus bosqinchilariga qarshi kurashi yoritiladi. Pesa Badriy Abdulla truppasi kuchi bilan sahnalashtirilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz