BADRIDDIN (14-asr) —samarqandlik Binokor usta. Badriddin usta Shamsuddin va usta Zaynuddinlar bilan hamkorlikda Shoxizinda ansambli (Samarqand) dagi Shodi mulk og’o maqbarasini qurgan (1373). Bu haqda maqbara peshtoqining sharafasi va ustun bezagi orasiga yozilgan. Badriddin va uning hamkorlari binoning umumiy ko’rinishini nafis va jozibali qilib ishlash, bezak uslubini takomillashtirish, naqshlarini murakkablashtirish yo’li bilan Markaziy mujassamotli, bir xonali maqbaralar me’morligida burilish yasagan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish