Badoye ul-lug'at
Badoyi al-lugʻat („Ajoyib lugʻat“) — Alisher Navoiyning sheʼriyatini izohlash uchun tuzilgan oʻzbekcha-forscha lugʻat. Muallifi — Tole Xaraviy.1500-yillarda Sulton Husaynning topshirigʻiga binoan tuzilgan. „Badoyi al-lugʻat“da mingga yaqin soʻz va iboralar berilgan. Hajmi — 180 bet. 1—10-betlarida lugʻatchilik va bu lugʻat haqida maʼlumot berilgan. Unda ot, sifat, son va olmoshlar bosh kelishikda, feʼllar masdar shaklida koʻrsatilgan. „Badoyi al-lugʻat“ lugʻatchilik taraqqiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Prof. A. K. Borovkov tomonidan oʻrganilib, nashr ettirilgan (1961).
Muallifi
"Badoyi al-lugʻat"ning muallifi boʻlmish Tole al-Imoniy al Xaraviy haqida maʼlumotlar yoʻq.Lugʻat qoʻlyozmasi bilan tanishgan kishi Tole Xaraviyning oʻqimishli kishi boʻlganiga ishonch hosil qiladi.Uning fors,turk va arab tillarini bilgani,adab ilmlarini egallagani lugʻat kirishining qofiyali saj bilan yozilganidan koʻrinib turadi.Adab ilmlarini egallagan kishilarning xati ham chiroyli boʻlgani uchun lugʻatning muallifi saroy (devoni)da xizmat qilgan deyish mumkin.Alisher Navoiy muallifni oʻzining "Majolis-un-nafois" kitobida shoir sifatida tilga oladi.
Tuzilishi
Lugʻatdan jami 854 soʻz oʻrin olgan.Har bir soʻz oʻzining maʼnolari va shu maʼnolar tasdigʻi uchun keltirilgan misollar illyustratsiyalar bilan birga mustaqil maqolani tashkil qiladi,hamda qoʻlyozmada uning bosh soʻzi sifatida lugʻat matnidan ajratilib, qizil siyoh bilan bitilgan, baʼzan esa ustiga chiziq ham tortib qoʻyilgan.Soʻzlar harakatlarsiz.Lugʻatda soʻzlar birinchi harfi boʻyicha arab alifbosi tartibida keladi va har bir harf bilan boshlangan soʻzlar birgalikda "bob" deb ataladi.
Qoʻlyozmasi
Lugʻatning bizgacha yetib kelgan birgina qoʻlyozmasi Leningraddagi Saltnkov-Shchedrin kutubxonasida mavjud.Bu yagona nusxa 1705-1706 yilda koʻchirilgan.
Nashri
Professor A.K-Borovkov "Badoyi al lugʻat" faksimile nashrini oʻz tarjimasi va kirish qismi bilan birga nashr qilgan.Bu nashr turkologlar,ayniqsa,navoiyshunoslar uchun muhim qoʻllanma vazifasini oʻtab keldi.Uning ilmiy va amaliy qiymati hali ham kamaygan emas.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Badoye ul-lug‘at – bu arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan va lug‘at boyligini oshirish, so‘zlarni tushunishni osonlashtirish uchun tuzilgan darslik yoki lug‘atdir. Asosan, u arab tilidagi so‘zlarning ma’nolari, izohlari, ishlatilishiga oid ma’lumotlarni o‘zbek tilida beradi.
Badoye ul-lug‘at atamasi “badoye” so‘zi arab tilida “ajoyibalar” yoki “g‘aroyib narsalar” degan ma’noni anglatadi, “ul-lug‘at” esa “lug‘at” yoki “so‘zlik” degani. Shunday qilib, bu atama “g‘aroyib va qiziqarli so‘zlarning lug‘ati” yoki “ajoyib lug‘at” degan ma’noni bildiradi.
Bunday lug‘atlar asosan diniy, adabiy yoki ilmiy asarlarda qo‘llanilgan murakkab va kam ishlatiladigan so‘zlarni o‘rganish, ularni to‘g‘ri tushunish va qo‘llash uchun tuziladi. Shu sababli, Badoye ul-lug‘at kabi lug‘atlar o‘quvchilarga o‘zbek tilida arab adabiyoti va diniy matnlarni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Agar sizga aynan qaysi muallifning “Badoye ul-lug‘at” asari yoki lug‘ati haqida ma’lumot kerak bo‘lsa, iltimos, batafsilroq so‘rashingiz mumkin. Shuningdek, bu nom bilan turli tillarga oid boshqa lug‘atlar ham mavjud bo‘lishi mumkin.