“BADOE UL-LUG’AT”



“BADOE UL-LUG’AT” (“Ajoyib lug’at”) — Alisher Navoiyning she’riyatini izohlash uchun tuzilgan O’zbekcha-forscha lug’at. Muallifi — Tole Hiraviy. 1500-yillarda Sulton Husaynning topshirig’iga binoan tuzilgan. “Badoe ul-lug’at”da mingga yaqin so’z va iboralar berilgan. Hajmi — 180 bet. 1-10 – betlarida lug’atchilik va bu lug’at haqida ma’lumot berilgan. Unda ot, sifat, son va olmoshlar bosh kelishikda, fe’llar masdar shaklida ko’rsatilgan. “Badoe ul-lug’at” lug’atchilik taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Prof. A. K. Borovkov tomonidan o’rganilib, nashr ettirilgan (1961).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz