BADEN-BADEN



BADEN-BADEN — Germaniyaning Janubiy-g’arbidagi shahar, Badenvyurtemberg yerida. Aholisi 51 ming kishi (1988). Oziq-ovqat, tikuvchilik, yog’ochsozlik, qog’oz va poligrafiya sanoati korxonalari bor. Balneologik va iqlim kurorti sifatida mashhur. Asosiy davolash manbai — mineral suvlar; ichishda, vanna qabul qilish, ingalyatsiyada foydalaniladi. 7-19 – asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz