Badayev Nikolay Dmitriyevich




Nikolay Dmitriyevich Badayev (1915.21.4 (4.5), Mordva, Torbeevo stansiyasi – 1990.6.5, Samarqand) – aktyor, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Ashxobod, Tambov, Poltava shahri teatrlarida, 1946-yildan Samarqanddagi viloyatlararo rus drama teatrida ishlagan. Uning Yago (U. Shekspir, "Otello"), Mulladoʻst, Norboyvachcha (Hamza, "Maysaraning ishi", "Xolisxon"), Tursunov (S. Azimov, "Assalom yulduzlar"), Shayxulislom (M. Shayxzoda. "Mirzo Ulugʻbek") kabi obrazlari yorqin va taʼsirchan. B. bir qancha asarlarni sahnalashtirgan; oʻzbek filmlarida suratga tushgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz