BADAYEV NIKOLAY DMITRIYEVICH
BADAYEV NIKOLAY DMITRIYEVICH [1915.21.4 (4.5), mordva, Torbeevo stansiyasi — 1990.6.5, Samarqand] — aktyor, rejissyor. O’zbekiston xalq artisti (1964). Ashxobod, Tambov, Poltava shahri teatrlarida, 1946 yildan Samarqanddagi viloyatlararo rus drama teatrida ishlagan. Uning Yago (U. Shekspir, “Otello”), Mullado’st, Norboyvachcha (Hamza, “Maysaraning ishi”, “Xolisxon”), Tursunov (S. Azimov, “Assalom yulduzlar”), Shayxulislom (M. Shayxzoda. “Mirzo Ulug’bek”) kabi obrazlari yorqin va ta’sirchan. Badayev bir qancha asarlarni sahnalashtirgan; o’zbek filmlarida suratga tushgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz