Badaviy




Badaviy (arabcha: بَدَوِي badaviy, koʻplikda badv (بَدْو) yoki badaviyun (بَدَوِيُّون) — «sahroyi (dasht)», «koʻchmanchi», arabcha badiya (بَادِية) — sahro soʻzidan olingan) — dini va millatidan qatʼiy nazar Arabiston yarim oroli va Shimoliy Afrika choʻllarida yashaydigan koʻchmanchi, yarim koʻchmanchi arab qabilalari tushuniladi. Badaviylar Sudan va Shimoliy Afrika, Markaziy Arabiston, Suriya, Iordaniya, Iroq, Misr va boshqa joylarda yashaydilar.

Tarixi



Qadimiy tarix



Badaviylar — yevropaliklar tomonidan dehqonchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanuvchi (Hadeziy) shaharlar aholisidan farqli ravishda koʻchmanchi hayot kechiradigan Arabistonning barcha qabila va xalqlariga berilgan umumiy nomdir.

Arab tarixchilari (8-asr) tuzgan shajaraga koʻra, badaviy qabilalari ikkita asosiy guruhga boʻlingan: Janubiy Arabiston, yaʼni Yaman qabilalari (banu Tayy, banu Hamdon, banu Mazhij, banu Omil, banu Juzam, banu Laxm, banu Xassan, banu Kind, banu Azd, banu Xazraj, banu Ximyar va boshqa qabilalar) va Shimoliy Arabiston qabilalari (banu Qays, banu Sulaym, banu Gʻatafon, banu Hilol, banu Qushayr, banu Murra, banu Tamim, banu Asad, banu Abdulqays, banu Bakr, banu Tagʻlib va boshqa qabilalar). Badaviylarda bir necha oila (beshinchi avlodgacha) birikib ahlni (bayt, faxa, xomula), koʻp sonli oila urugʻni (batn, firqa, oshira), urugʻlar esa qabilalarni tashkil etadi. Rivojlanib kelayotgan yangi ijtimoiy munosabatlar badaviylar hayotiga ham taʼsir qilib bormoqda, bu qabilalar tobora oʻtroqlashmoqda. Badviylar oʻrtasida urugʻqabilachilik munosabatlari hozirgi ham bir qadar saqlanib qolgan. Badaviylar asosan chorvachilik (tuyachilik, ayniqsa, yilqichilik va qoʻychilik), ovchilik va kirakashlik bilan shugʻullanadi. Yoʻlovchi savdogarlardan olinadigan boj ham Badaviylarning tirikchilik manbalaridan biri hisoblanadi (qarang Arablar).

Usmoniylar davri



20-asrda



Turli davlatlarda



Arabiston yarimoroli



Saudiya Arabistoni

Shom mamlakatlari



Suriya
Isroil
Iordaniya

Shimoliy Afrika



Magʻrib
Misr

Qabilalar va tarqalishi



Madaniyati



Manbalar




Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz