BADAN



BADAN, mo’g’ul choyi (Bergenia crassikolia) — Toshyorardoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. O’rta Osiyoda bir necha turi bor. Surxondaryo viloyati tog’larida V. hissarica turi uchraydi. Gullari chiroyli, qizil yoki binafsha rang. Manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Ildizi va poyasida 28% gacha oshlovchi moddalar, arbutin glyukozidi va bo’yoq moddalar bor. Ildizpoyasidan olinadigan ekstrakt stomatit, kolit, enterokolit va ginekologik kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz