Badalov Stepan Tigranovich




Stepan Tigranovich Badalov (1919.26.8 – 2014.17.7) – mineralog va geokimyogar. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977). Geologiya va mineralogiya fanlari doktori (1962), professor (1968), Oʻrta Osiyo industrial institutini tugatgan. 1946-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Geol. va geofizika institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1964 – 87), yetakchi ilmiy xodim (1987 – 96) va bosh ilmiy xodim (1997-yildan). Urush qatnashchisi (1941 – 45). Badalovning ilmiy ishlari Oʻzbekistonda elementlar geokimyosi, ruda hosil qiluvchi tizimlarda elementlarning namoyon boʻlish xususiyatlarini oʻrganishga hamda reniy va osmiyning provinsiyalarini aniqlashga bagʻishlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz