Bada




Choi Sung-hee (1980-yil 28-fevralda tugʻilgan), professional ravishda Bada nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi, bastakor, aktrisa va teleboshlovchi. U 1997-yilda Janubiy Koreyaning S.E.S. qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilgan. S.E.S. 2002-yil dekabr oyida tarqatib yuborilganidan soʻng, u oʻzining birinchi „A Day of Renew“ yakkaxon studiyaviy albomini 2003-yil oktyabr oyida chiqargan. Oʻshandan beri qoʻshiqchilik faoliyatini Aurora, Eyes, V.I.P, GoGoGo, Queen va Mad kabi qoʻshiqlar bilan davom ettirgan.

Qoʻshiq yozish va ijro etishdan tashqari Notre-Dame de Parij, 200 pounds Beauty, Legally Blonde va Mozart! kabi sahna musiqalarining asl va koreys talqinlarioda ishtirok etishi orqali oʻzini aktrisa sifatida ham namoyon qilgan. U Eng yaxshi aktrisa sifatida uchinchi Musical mukofotini qoʻlga kiritgan va shu kungacha oʻnta klipda rol ijro etgan.

Faoliyati



Bada S.E.S. bilan 1997-yilda debyut qilgan. Guruh 1997-yil 1-noyabrda I’m Your Girl debyut albomini chiqargan. Keyinchalik S.E.S. eng koʻp albomi sotilgan K-pop qizlar guruhiga aylangan. Guruh debyutidan keyin beshta koreys, ikkita yapon albomini chiqargan. Guruh tarqalishidan oldin 2002-yil oxirida „Friend“ nomli koreys albomini chiqardi. Aʼzolar Bada va Eugene SM Entertainmentdan ajralib chiqqan, Shoo esa 2006-yilgacha kompaniyada qolishni tanlagan.

2020-yil 19-aprelda Bada butun dunyo boʻylab COVID-19 ga qarshi kurashayotgan tibbiyot mutaxassislari uchun Yang Hee-eunning „Evergreen“ qoʻshigʻining yangicha talqinini ijro qilgan hamda 19-aprel inqilobining 60 yilligini nishonlash uchun 33 nafar qoʻshiqchi bilan sahnada chiqish qilgan.

Shaxsiy hayoti



2017-yil 13-yanvarda uning agentligi oʻzidan toʻqqiz yosh kichik restoran egasiga turmushga chiqishini tasdiqlagan. Uning toʻyi 2017-yil 23-martda Seulda boʻlib oʻtdi. 2020-yil 30-avgust kuni Bada oʻzining fanakkauntida homiladorligi haqida post joylashtirgan. 2020-yil 7-sentyabrda u birinchi qiz farzandini dunyoga keltirgan.

Diskografiyasi



Albomlari




Maxsus albomlari




Filmografiyasi



Televideniyeda




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz