Bad Blood
„
Bad Blood “ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swiftning amerikalik reper Kendrick Lamar bilan hamkorlikda ijro etgan qoʻshigʻidir. Tarona Swiftning 1989 (2014) nomli beshinchi studiyaviy albomiga toʻrtinchi singl oʻlaroq kiritilgan.
Qoʻshiq musiqa tanqidchilari tomonidan aralash baholangan. Tijoriy jihatdan esa savdosi chaqqon boʻlgan. Tarona AQShning Billboard Hot 100, Adult Top 40 va Mainstream Top 40 chartlarida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. AQShdan tashqari, Avstraliya, Kanada, Shotlandiya va Yangi Zelandiya mamlakatlarida ham eng yuqori pogʻonagacha koʻtarilgan. Birlashgan Qirollik, Vengriya, Irlandiya, Janubiy Afrika va Livan mamlakatlari chartlarida esa yuqori oʻntalik safidan oʻrin egallagan. Shuningdek, qoʻshiq Avstraliya va Kanadada 3× platina sertifikati bilan, AQShda esa 6× platina sertifikati bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, „eng yaxshi duet/guruh pop ijrosi“ (inglizcha: Best Pop Duo/Group Performance) nominatsiyasida Grammy mukofotiga sazovor boʻlgan.
„Bad Blood“ uchun 2015-yilning 12-aprelida Los Angeles shahrida katta budjetli klip ham suratga olingan. Unga Joseph Kahn rejissorlik qilgan. Klip premyerasi 2015-yilning 17-mayida Billboard Music Awards taqdirlash marosimida boʻlib oʻtgan. Qoʻshiq klipi tanqidchilar tomonidan xush qarshilangan. „Eng yaxshi musiqiy video“ (inglizcha: Best Music Video) nominatsiyasida Grammy, „Yil videosi“ (inglizcha: Video of the Year) va „Eng yaxshi hamkorlik“ (inglizcha: Best Collaboration) nominatsiyalarida MTV Video Music Award bilan taqdirlangan.
Jamoa
Chartlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org