Back to December
„
Back to December “ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Speak Now (2010) nomli uchinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Qoʻshiq 2010-yilning 12-oktabrida albom relizidan oldin promo-singl oʻlaroq iTunes Storeda eʼlon qilingan. 2010-yilning 15-noyabrida albomning ikkinchi singli oʻlaroq Big Machine Records leyblida chiqarilgan. „Back to December“ kantri pop janridagi pauer-balladadir. Qoʻshiq matnida ikki sevishgandan birining ajralishdan soʻng ikkinchisiga qarata oʻkinch bilan soʻralgan kechirimi haqida soʻz boradi.
„Back to December“ qoʻshigʻi musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. Tarona Billboard Hot 100 chartida oltinchi pogʻonagacha, Hot Country Songs chartida esa uchinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Amerika ovoz yozish assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan platina sertifikati bilan taqdirlangan. Canadian Hot 100 chartida yettinchi pogʻonagacha koʻtarilgan va Music Canada (MC) tomonidan oltin sertifikati bilan taqdirlangan. Avstraliya va Yangi Zelandiya chartlarida esa yuqori 40 talik safidan oʻrin egallagan.
Qoʻshiq uchun olingan klipga Yoann Lemoine rejissorlik qilgan. Klipda ikki oshiqning ajralish ortidan chekayotgan dard-alamlari tasvirlangan. Bundan tashqari, Swift qoʻshiqni 38-American Music Awards hamda 44-Country Music Awards taqdirlash marosimlarida ijro etgan.
Trek-list
Jamoa
Chartlar
Reliz tarixi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org