Bachadon boʻyni stenozi




Bachadon boʻyni stenozi bachadon boʻyni ochilish teshigi (endoservikal kanal)ning odatdagidan koʻra torroq ekanligini anglatadi. Baʼzi hollarda endoservikal kanal butunlay yopiq boʻlishi ham mumkin. Stenoz – bu tanadagi har qanday oʻtish yoʻlining odatdagidan koʻra torroq boʻlishi.

Belgilar



Simptomlar bachadon boʻyni kanalining qisman yoki toʻliq obstruksiya boʻlganligiga va bemorning menopauza holatiga bogʻliq. Menopauzadan oldingi bemorlarda bachadon ichida qon toʻplanishi boʻlishi mumkin, bu infeksiyaga, vaqti-vaqti bilan qon ketishiga yoki chanoq sohasida ogʻriqlarga olib kelishi mumkin. Bemorlarda bepushtlik va endometrioz xavfi ham ortadi.

Nasl berish qobiliyati



Bachadon boʻyni stenozi spermatozoidlarning bachadonga oʻtishiga toʻsqinlik qilish orqali tabiiy nasl berish qobiliyatiga taʼsir qilishi mumkin. Bepushtlikni davolash jarayonida bachadon boʻyni stenozi bachadon ichida urugʻlantirish yoki in vitro urugʻlantirish muolojalaridan foydalanishni murakkablashtirishi yoki toʻsqinlik qilishi mumkin.

Sabablari



Bachadon boʻyni stenozi tugʻma boʻlishi yoki boshqa omillar taʼsirida kelib chiqishi mumkin:

Davolash



Bachadon boʻyni stenozini davolash bachadon boʻyni kanalini ochish yoki kengaytirishni oʻz ichiga oladi. Qin orqali tabiiy tugʻruq jarayonidan keyin vaziyat oʻz-oʻzidan yaxshilanishi mumkin. Bachadon boʻyni kanalining vaqtincha kengayishi bachadon boʻyni ichiga kengaytiruvchi vositalarni kiritish orqali amalga oshirilishi mumkin. Agar stenoz chandiq toʻqimasidan kelib chiqqan boʻlsa, chandiqni kuydirish uchun lazer bilan davolash mumkin. Nihoyat, bachadon boʻyni kanalini jarrohlik orqali kengaytirish bachadon boʻyni toʻqimalarini gisteroskopik qirib olish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz