BACHADON — 1. Ayollarning ichki jinsiy a’zosi; homila shu yerda rivojlanadi. Bachadon toq, kovak a’zo bo’lib, muskullardan tuzilgan va kichik chanoq bo’shlig’ida qovuq bilan to’g’ri ichak orasida joylashgan, shakli to’nkarilgan nokka o’xshaydi. Uning tanasi, tubi va bo’yni bo’ladi. Bachadon tanasi va tubi qovuq yuzasi bilan qovuq ustida oldinga bir oz bukilib joylashgan, orqa yuzasi to’gri ichakka yuzma-yuz turadi. Bachadon bo’ynining bir qismi qin ichiga kirgan bo’lib, shu yerda Bachadon teshigi kinga ochiladi. Bachadon devori ichki — shilliq qavat (endometriy), o’rta — muskul qavat (miometriy) va tashqi — seroz qavat (qorin pardasi) dan iborat. Shilliq qavat Bachadon naylari shilliq qavatining davomidir. Bachadon ichida shilliq qavat burmalari yo’q, asosan mayda bezlar uchraydi. Shilliqqavat Bachadon bo’ynida kepinlashib, burmalari va shilliq bezlari bo’ladi, u har oyda hayzga. tayyorlanadi; bunda Bachadonning yuza joylashgan shilliq qavati Markaziy nerv sistemasi hamda gipofiz va tuxumdondan ajralgan gormonlar (follikulin, progesteron) ta’sirida qalinlashadi, har oyda bir marta ko’chib, qon bilan ajraladi. Muskul qavat yaxshi rivojlangan, qon tomirlarga boy silliq muskul uch qavat bo’lib joylashgan. Seroz qavat Bachadon oldi va orqa yuzalarini qoplab, ikki yonboshida keng boylam hosil qiladi; shu boylam oralig’ida biriktiruvchi to’qima qatlami (parametriy) bo’ladi. Bachadon bo’shlig’i uchburchak shaklda bo’lib, uni kattakichik bir necha boylam va chanoq tubining muskullari o’z o’rnida ushlab turadi. Bachadon bo’ynining ichki yuzasi shilliq qavat burmalaridan iborat bo’lib, tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan; bo’yin devoridagi bezlar sekret chiqaradi; u ishqoriy reaktsiyaga, bakterisid xususiyatga ega. Uning bu xususiyati Bachadonga infektsiya tushishiga yo’l qo’ymaydi; bundan tashqari, spermatozoidning harakatchanligini oshirib, uning Bachadonga kirishini ta’minlaydi. Bachadon ancha harakatchan bo’lib, qovuq hamda to’g’ri ichak to’lganda, homiladorlikda va boshqa fiziologik holatlarda o’z shaklini oson o’zgartira oladi. Homiladorlikda muskul tolalarining yo’g’on tortishi va yangi tolalar paydo bo’lishi hisobiga Bachadon kattalashadi. Homila tug’ilgach Bachadon qisqaradi va yangi tolalar yo’qolib ketadi. Tug’ruqdan keyin tezda jismoniy ish qilganda chanoq tubining muskullari va boshqa boylamlari bo’shashib, Bachadon tushishi mumkin. 2. Urg’ochi hayvonlarning ichki jinsiy a’zosi — tuxum yo’lining kengaygan qismi, ularda Bachadon naylari ham kengaygan bo’lib, homilani saqlay oladi; shu sababli ular ko’p bolalaydilar. Ayrim chuvalchanglar, bo’g’imoyoqlilar, mollyuskalar va boshqalarda Bachadonga o’xshash tuzilmalar bor, shuningdek suvda va quruqda yashovchilar, ba’zi sudralib yuruvchilar va barcha sut emizuvchilarda Bachadon o’ziga xos tuzilishga ega. Bachadonda tuxum yoki pusht rivojlanadi. Tuxum qo’yadigan hayvonlarning yetilgan tuxum hujayrasi Bachadonda vaqtincha joylashadi. Ad:. Ahmedov N. K., Shomirzayev N. H., Normal va topografik anatomiya, T., 1991.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Bachadon — ayol jinsiy tizimining asosiy organlaridan biri bo‘lib, homiladorlik va tuxumdonlarning faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. U qorin bo‘shlig‘ining pastki qismida joylashgan va kichik miqdorda yassi muskullar va ichki shilliq qavat (endometrium) orqali tashkil topgan ichki bo‘shliqli organ hisoblanadi.
Bachadonning Tuzilishi va Funksiyasi
Bachadon uch qismdan iborat:
Fundus (Bachadon qovoqi) — yuqori qismi, tuxumdonlar bilan bog‘liq bo‘lgan joy.
Tana (korpus) — markaziy qismini tashkil qiladi va endometrium qatlami bu yerda joylashgan.
Bo‘yin (serviks) — pastki tor qismi, vagina bilan bog‘lovchi teshikni hosil qiladi.
Bachadonning asosiy vazifalari:
Homiladorlikni ta'minlash: Bachadon endometriumi har oyda tuxum tuxumi urug‘langan taqdirda uning implantatsiyasi uchun tayyorlanadi. Agar urug‘lanish sodir bo‘lmasa, endometrium shilliq qavati tushib ketadi (hayz ko‘rinishida).
Homilani rivojlantirish: Homila bachadon ichida o‘sib, ovqatlanish va himoya topadi.
Mehnat jarayoni: Bachadon mushaklari homilani dunyoga keltirish uchun kuch bilan qisqaradi.
Reproduktiv tizimning himoyasi: Bachadon shilliq qavati (endometriyum) qon aylanishi va immun tizim faoliyati orqali himoya vazifasini bajaradi.
Bachadon kasalliklari
Bachadon bilan bog‘liq ko‘plab kasalliklar mavjud, jumladan:
Bachadon saratoni — bachadon shilliq qatlamida uning hujayralarining o‘sishi.
Bachadon infektsiyalari — bakteriyalar yoki viruslar sababli yuzaga keladi.
Bachadon salomatligini saqlash uchun tavsiyalar
Har yili ginekolog ko‘rigidan o‘tish.
Gigiena qoidalariga rioya qilish.
Stress va ortiqcha jismoniy yukdan saqlanish.
Sog‘lom ovqatlanish va muntazam jismoniy faollik.
Umuman olganda, bachadon ayol reproduktiv sog‘lig‘ida muhim organ bo‘lib, uning to‘g‘ri ishlashi reproduktiv faoliyat, ayniqsa homiladorlik va ona bo‘lish uchun asosiy shartdir.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish