Babyesh-Bolyay nomidagi Kluj universiteti
Kluj universiteti , Babyesh-Bolyay nomidagi Kluj universiteti — Ruminiyadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. Kluj-Napoka shahrida. 1872-yil venger (major) universiteti sifatida tashkil topgan. 1919-yildan Ruminiya universiteti. Mexaniqa, mat., fizika, kimyo, biol., geogr., falsafa, tarix, filol., huquq, iqtisod va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 6 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasi (1972-yil tashkil etilgan)da 2,5 mln.dan ortiq asar saqlanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org