Baby




Baby “ – kanadalik qoʻshiqchi Justin Bieber va amerikalik reper Ludacris ijro etgan qoʻshiq. Bieberning My World 2.0 nomli debyut albomiga asosiy singl oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matni Bieber, Ludacris va R&B-qoʻshiqchi The-Dream tomonidan yozilgan. Taronaga Christina Milian va Tricky Stewart (Bieber bilan „One Time“ singlida birga ishlagan) prodyuserlik qilishgan.

Qoʻshiqni 2010-yil 18-yanvardan raqamli yuklab olish mumkin boʻlgan. Qoʻshiq chiqarilgandan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilgan. U tanqidchilardan ijobiy baholarga sazovor boʻlgan va omma qoʻshiqning soʻzlari va xorini maqtashgan.

Qoʻshiq tijoriy muvaffaqiyatga erishdi, jumladan Fransiya va Shotlandiyada xit-paradlarida birinchi oʻrinni egalladi va Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh, Avstraliya, Norvegiya, Yaponiya, Irlandiya, Vengriya, Belgiya (Flandriya), Slovakiya, Yangi Zelandiya chartarida birinchi oʻntalikka kirdi. „Baby“ qoʻshigʻi Fransiyada 2010-yilning eng mashhur toʻrtinchi singliga aylandi.

Qoʻshiq klipi savdo markazida, bouling-zalida suratga olingan. Videoda Drake, Lil Twist va Tinashe kabi qoʻshiqchilarning bir nechta kadrlari mavjud boʻlib, Bieber videoda sevgan qizining orqasidan yuradi. 2013-yil may oyi holatiga koʻra, qoʻshiq Amerika Qoʻshma Shtatlarida 3,9 million raqamli yuklash orqali sotilgan va mamlakatda „Diamond“ sertifikatiga ega boʻlgan.

Rasmiy klip YouTubeʼda eng koʻp koʻrilgan 40-video va 2021-yil iyul holatiga koʻra YouTubeʼda eng koʻp yoqmadi tugmachasi bosilgan toʻrtinchi video va Youtubeʼda eng koʻp yoqmadi tugmchasi bosilgan ikkinchi musiqiy klip boʻlgan. Klip 2010-yilning 12-iyulida Lady Gaganing „Bad Romance“ klipidan tomoshalar soni boʻyicha oʻzib ketgan. Bieber qoʻshiqni bir necha marta ijro etgan, jumladan „Saturday Night Live“ koʻrsatuvida va "American Idol" dasturining toʻqqizinchi mavsumida kuylagan. Shuningdek, Bieber 2010 Juno Awards taqdirlash masrosimida Drake bilan qoʻshiqning remiks versiyasining akustik talqinini ijro etdi. Buyuk Britaniyada yozib olingan rasmiy remiksda britaniyalik hip-hop ijrochi Chipmunk ishtirok etgan.

Trek-list




Reliz tarixi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz