Babugan yayla
Babugan yayla — Qrim tog‘larining Bosh tizmasidagi eng baland tog‘, Gurzuf va Alushta oralig‘ida. O‘rtacha bal. 1000—1400 m, eng baland joyi 1545 m (Roman-Kosh). Yuqori yura davrining ohaktoshlaridan tarkib topgan. Karst hodisasi tufayli yer yuzasi o‘nqir- cho‘nqir bo‘lib ketgan. Yon bag‘irlari o‘rmon b-n qoplangan, tog‘ tepasi toshloq va o‘tloq. Yon bag‘rida Qrim qo‘riqxona - ov xo‘jaligi joylashgan.
Manba
O'zME
Qrim tog‘larining Bosh tizmasidagi eng baland tog‘, Gurzuf va Alushta oralig‘ida