Babol (daryo)




Babol (sobiq Rudhaneye-Babol ; forscha: بابلرود — Eron shimolidagi suvga toʻyingan daryo, Mozandaron viloyati hududidan oqib oʻtadi. Elburs togʻlarining Savadkuh shahristonidagi manbadan boshlanib, Babol va Babolser shahristonlari hududidan oqib oʻtadi. Babolser shahrida Kaspiy dengiziga quyiladi . Daryoning uzunligi 78 km.

Suv omborlari



Alburs toʻgʻoni
Daryoning manbai va etagi oʻrtasidagi sezilarli farq tufayli daryo va irmoqlarida koʻplab toʻgʻonlar barpo qilingan. Ulardan biri dahiston Lofur oʻrmonlarida joylashgan Alburs toʻgʻoni boʻlib, u Erondagi eng yirik tuproqli toʻgʻon hisoblanadi. Toʻgʻon uzunligi 838 m, balandligi 78 m. Suv ombori sigʻimi 150 mln m³.

Toʻgʻonni qurish boʻyicha dastlabki tayyorgarlik ishlari Pahlaviy davridayoq boshlangan, ammo bu ishlar Islom inqilobi bilan toʻxtab qolgan. Va nihoyat, 1996-yilda (Eron taqvimi boʻyicha 1374-yil) Rafsanjoniy hukumati toʻgʻonni qurishga qaror qildi, lekin toʻgʻon joyini yuqoriga koʻchirdi. Toʻgʻon 2001-yilda ishga tushirilgan (E. taqvimi b.1379-y).

Shiyade tuproq toʻgʻoni

Babol shahridan 31–32 km janubda, Babolrud daryosining irmoqlari boʻlgan Bazrud va Chalim daryolari boʻyida joylashgan. Tuproq va loy aralashmasidan qurilgan. Uzunligi 450 m, balandligi 33 m boʻlgan toʻgʻon 2001-yilda foydalanishga topshirilgan. Maydoni 480 ming m² boʻlgan suv omborida 5 million m³ suv toʻplanadi. Unda koʻpi bilan 8 million m³ suv toʻplash mumkin. Suv ombori 2 ming gektar sholi maydonlarini yil davomida bir xil sugʻorish imkonini beradi

Sombolrud tuproq toʻgʻoni
Sombolrud toʻgʻoni Shirgoh shahridan 10 km gʻarbda Savadkuh shahristonidan oʻtuvchi Sombolrud daryosi boʻyida joylashgan (forscha: سنبل رود , Bobolrudning irmogʻi). Tuproq va loy aralashmasidan qurilgan. Toʻgʻon uzunligi 889 m, balandligi 122,5 m . 2000-yilda foydalanishga topshirilgan. Suv havzasi sigʻimi 250 ming m². Unda 2 100 000 m³ suv toʻplangan. Bu 1100 gektar qishloq xoʻjaligi maydonini yil davomida bir xil sugʻorishni taʼminlaydi .

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz