Babbitlar




Babbitlar – qalayi, qoʻrgʻoshin, pyx yoki alyuminiyga surma, mis, kadmiy, mishyak va boshqa metallar qoʻshib tayyorlanadigan qotishmalar. Qalayli qotishmani birinchi marta (1839) tayyorlagan amerika muhandisi I. Babbit (1799– 1862) sharafiga shunday atalgan. Ishqalanish koeffitsiyenti kichik, yaʼni ishqalanganda uncha yoyilmaydi. Mashinalarning ishqalanuvchi detallari hamda elektr dvigatellar, turbinalar, kompressorlar, nasoslar, generatorlar va stanoklarning podshipniklarini tayyorlash uchun ishlatiladi. Detallar yoki podshipniklarning qayerda ishlatilishiga qarab, B.ning turli xillari qoʻllaniladi. Mas: yuqori temperaturali sharoitda ishlovchi podshipniklar uchun qoʻrgʻoshinli B. ishlatiladi va hokazo.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz